Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Aholining madaniy hordiq va dam olish maskanlari muhofazasi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-4-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024-yil 18-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi QL-1251-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (birinchi oʻqish).
3. “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi QL-1249-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-noyabr,
77-V-son