25.11.2024 yildagi 74-V-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalaridagi nutqlaridan kelib chiqadigan tashkiliy vazifalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalaridagi nutqlarida belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida hayotga tatbiq qilish, shuningdek demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda quyi palataning faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oliy Majlis palatalaridagi nutqlaridan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ishini samarali tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (bundan buyon matnda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarni oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri oʻrinbosarlari, qoʻmitalari raislari va Devoni rahbari masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tegishli tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Nazorat-tahlil boʻlimi “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatib, uning ijrosi toʻgʻrisida har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rahbariyatiga umumlashtirilgan maʼlumot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Parlament axborot markazi “Yoʻl xaritasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan vazifalar va tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 25-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-V-son