Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 94-moddasi birinchi qismining 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga Kongratbay Avezimbetovich Sharipovning nomzodi maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-noyabr,
54-V-son