Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalarini tuzish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining quyidagi qoʻmitalari tuzilsin:
Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi;
Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi;
Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi;
Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi;
Mehnat, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi;
Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qoʻmitasi;
Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qoʻmitasi;
Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-noyabr,
10-V-son