Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomining 1 va 2-ilovalariga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3526-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 15-maydagi 144-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3526, 2024-yil 8-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 10/24/3526/0489-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlari va obyektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1 va 2-ilovalari matnidagi “oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “oliy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiya bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. KULDASHEV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-dekabr,
434-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 5-dekabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2024-yil 19-noyabr
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X. UMAROVA
2024-yil 15-noyabr
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
2024-yil 14-noyabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. ZAXIDOV
2024-yil 13-noyabr
Milliy gvardiya qoʻmondoni R. DJURAYEV
2024-yil 9-noyabr
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2024-y., 10/24/3526-1/1028-son)