13.12.2024 yildagi PQ-434-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining faoliyati samaradorligini oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini oʻz vaqtida himoya qilishga koʻmaklashish, shuningdek, uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish masalalarida Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining (keyingi oʻrinlarda — Elchixona) shtat jadvaliga mehnatga haq toʻlash fondini tegishli ravishda oʻzgartirgan holda, birinchi kotib — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili (keyingi oʻrinlarda — Vakil) qoʻshimcha lavozimi kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Vakilning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasidagi oʻzaro ishonch va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda yaqin hamkorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini taʼminlash masalalarida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muntazam ravishda puxta ishlangan amaliy takliflarni tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash masalalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasining Ichki ishlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi, noqonuniy migratsiya va boshqa turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish, ularning fosh etilishiga koʻmaklashish hamda ushbu yoʻnalishlarda tezkor maʼlumot almashinuvini tashkil etish boʻyicha amaliy hamkorlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha konsullik funksiyalarini bajarishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning jinoyatchilik, huquqbuzarlik, odam savdosi va noqonuniy migratsiya masalalari boʻyicha ogʻzaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qilish hamda koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining taqdimnomasiga muvofiq belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakil ichki ishlar organlaridagi faoliyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixona tashkiliy-shtat tuzilmasidagi oʻzgarishlardan kelib chiqqan holda, Vakilni saqlash xarajatlarini Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yilga moʻljallangan Davlat budjetida koʻzda tutilgan xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarini moliyalashtirish hajmida inobatga olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elchixonaga bitta avtotransport vositasini xarid qilish va saqlash uchun qoʻshimcha limit hamda mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vakil faoliyati toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B.O. Saidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-434-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2024-y., 07/24/434/1025-son)