Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEK LIZING INTERNEYShNL AJ” QOʻShMA LIZING KOMPANIYASI FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Lizing xizmatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Osiyo taraqqiyot banki tomonidan “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” kompaniyasining ustav fondida qatnashish va kompaniyaga kredit liniyasi ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi;
muassislar tomonidan kompaniyaga, har bir muassis tomonidan 2 mln AQSh dollaridan, 10 mln AQSh dollari miqdorida, shu jumladan xorijiy muassislar tomonidan erkin almashtiriladigan valyutada, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan esa operatsiyalar sodir etish paytidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyuta — soʻmga teng ekvivalentda kredit liniyasi ochilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Osiyo taraqqiyot bankining 0,9 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar bilan kompaniya muassislari tarkibiga kirishi hisobiga, shuningdek kompaniya muassislari — Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining — 0,3 mln AQSh dollaridan, Malayziyaning “Meybank” banki va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining — 0,7 mln AQSh dollaridan (“Oʻzmilliybank”ning badali milliy valyuta — soʻmga teng miqdorda qoʻshiladi) qoʻshimcha badallari yoʻli bilan “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” kompaniyasining ustav fondi miqdori 2,9 mln AQSh dollariga koʻpayishiga hamda ulushlarning muassislar oʻrtasida quyidagi nisbatda taqsimlanishiga rozilik berilsin:
Osiyo taraqqiyot banki — 0,9 mln AQSh dollari — 13,04%
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki — 0,9 mln AQSh dollari — 13,04%
Xalqaro moliya korporatsiyasi — 0,9 mln AQSh dollari — 13,04%
“Meybank” (Malayziya) — 2,1 mln AQSh dollari — 30,44%
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki — 2,1 mln AQSh dollari — 30,44%
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-yanvardagi 6-son qarorining 5-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” kompaniyasi uchun ilgari berilgan imtiyozlar tamom boʻlgan paytdan boshlab 5 yil muddatga uzaytirilsin.
4. “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” qoʻshma lizing kompaniyasi tomonidan koʻrsatilayotgan lizing xizmatlarining raqobatbardoshliligini taʼminlash maqsadida keyinchalik lizingga berish uchun qoʻshma lizing kompaniya tomonidan sotib olingan hamda respublikaga olib kelinayotgan texnologiya asbob-uskunalari uchun kompaniya 5 yil muddatga bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
5. Toshkent shahar hokimligiga “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” qoʻshma lizing kompaniyasini 5 yil muddatga mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 27-mart,
149-son
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi 6-son qaroriga kiritilayotgan
OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR
1. Qarorning nomidagi “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” soʻzlari “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 1-banddagi “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” lizing kompaniyasini” soʻzlari “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” qoʻshma lizing kompaniyasini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 2-bandda:
birinchi xatboshi “tashkil etilayotgan” soʻzlaridan soʻng “qoʻshma” soʻzi bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “asbob-uskunalarini” soʻzlaridan soʻng “respublikaning mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlariga lizingga berish uchun” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. 6-bandda “Oʻzlizing Interneyshnl Ltd” soʻzlari “Oʻzbek Lizing Interneyshnl AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin.