Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 4-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3479-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirining 2023-yil 10-noyabrdagi 18-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3479, 2023-yil 4-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2023-y., 10/23/3479/0921-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ilovasi ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-noyabr,
8-mh-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
2024-yil 4-noyabr
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M. TASHXODJAYEV
2024-yil 29-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining 2024-yil 27-noyabrdagi 8-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasiga nomzod sportchilarning oxirgi bir yilda Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha xalqaro musobaqalardagi ishtirokiga oid asosiy
MEZONLAR
T/r | Musobaqalar nomi | Oʻrinlar |
Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha | ||
1. | Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari (oʻsmirlar, kattalar) | 1 — 8 oʻrin |
2. | Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari (kattalar) | 1 — 4 oʻrin |
3. | Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari (yoshlar va oʻsmirlar) | 1 — 3 oʻrin |
4. | Jahon chempionati (oʻsmirlar, yoshlar, kattalar) | 1 — 6 oʻrin |
5. | Osiyo chempionati (oʻsmirlar, yoshlar, kattalar)* | 1 — 3 oʻrin |
6. | Markaziy Osiyo chempionati (kattalar)** | 1-oʻrin |
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan noolimpiya sport turlari boʻyicha | ||
1. | Jahon chempionati (oʻsmirlar, yoshlar, kattalar) | 1 — 3 oʻrin |
2. | Osiyo chempionati (yoshlar, kattalar) | 1 — 3 oʻrin |
3. | Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari (kattalar) | 1 — 3 oʻrin |
Izohlar:
Sport vazirligi stipendiyasi 16 yosh va undan kattalar uchun tatbiq etiladi.
* Osiyo-Okeaniya chempionati uchun ham tatbiq etiladi.
** Musobaqalarda kamida 5 ta mamlakatning vakillari va (yoki) terma jamoalari qatnashgan boʻlishi kerak.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2024-y., 10/24/3479-1/1014-son)