07.12.2024 yildagi 820-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda turizm sohasini raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida masofadan turib joylashtirish vositalarini band qilish, turoperator hamda turagentlar tomonidan taklif etilayotgan xizmatlar, avtotransport vositalari ijarasi, gid-tarjimon va taksi xizmatlari hamda turizm sohasidagi boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi Milliy turizm yagona platformasini (keyingi oʻrinlarda — platforma) ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi platformani 2025-yil 1-sentabrdan boshlab sinov tariqasida, 2025-yil 1-dekabrdan boshlab toʻliq ishga tushirilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyohlarga joylashtirish vositalarini onlayn band qilish va sayyohlar tomonidan baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi turoperatorlar va turagentlar xizmatlari, shu jumladan, sayyohlarga gid, gid-tarjimon, yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi, ekskursiya yetakchilari xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻnalishsiz taksi va avtotransport vositalari ijarasi xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtobus, avia va temir yoʻl chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va milliy toʻlov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasiga oid statistik hisobotlarni yuritish va real vaqt rejimida tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) platformani ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma operatori qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilish tartib-tamoyillari natijalariga koʻra tanlab olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platformani ishlab chiqish, texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirib borish Turizm qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platformada joylashtiriladigan maʼlumotlar bazasi mutasaddi vazirlik va idoralarga tegishli axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan holda yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslar oʻz xohishiga kura platformaga ulanishi va unda xizmatlarni joriy etishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma operatori tomonidan platforma maʼlumotlarining 14 ta xorijiy tilga tarjimasi taʼminlab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Platformaning uzluksiz va samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Turizm qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan birgalikda “Uztrans” yagona interaktiv axborot tizimi, shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ va boshqa yoʻlovchi tashish litsenziyasiga ega tashkilotlarning elektron chiptalarni xarid qilish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Madaniy meros agentligi bilan birgalikda madaniyat tashkilotlari, shu jumladan, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga kirish chiptalarini xarid qilish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda platformani Marketpleys reyestriga kiritgan holda Soliq qoʻmitasining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) platformani ishlab chiqish va ishga tushirish hamda uni keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha texnik hujjatlarning ishlab chiqilishini hamda vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashtirish vositalari, turoperator va turagentlar, gid (gid-tarjimon), yoʻriqchi-yoʻl boshlovchi va ekskursiya yetakchilari platforma orqali oʻz xizmatlarini yoʻlga qoʻyishlari uchun barcha sharoitlar yaratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platformani modernizatsiya qilish hamda uning uzluksiz faoliyat koʻrsatishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turizm sohasi subyektlari hamda aholi oʻrtasida platforma imkoniyatlarini doimiy targʻib qilib borishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 7-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
820-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2024-y., 09/24/820/1013-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)