05.12.2024 yildagi O‘RQ-1010-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini soddalashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 16-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-sentabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va mazkur yoʻnalishga investitsiyalarni jalb etish boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat zonalari va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik bazasi shakllantirildi, maʼmuriy funksiyalarni nomarkazlashtirish, maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining va yoshlar sanoat zonalarini boshqaruvchi yagona direksiyalarning vakolatlarini kengaytirish orqali ularning faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmi soddalashtirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini tartibga solishda, yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ajratishda, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yaratilgan imkoniyatlardan sanoat zonalari direksiyalari toʻliq foydalana olmayotganligi ularning faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bundan tashqari maxsus iqtisodiy zonalar hududida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan investorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish uchun ularning maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik jarayonlari avtomatlashtirilishini talab etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga maxsus iqtisodiy zonalarning maʼmuriy kengashlarini tugatib, ularning vazifalarini maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalarining zimmasiga yuklatishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari Qonunda maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish muddatlarini maqbullashtirish va investitsiya loyihalarining biznes-rejalari yoki texnik-iqtisodiy asoslariga ekspertiza xulosalari olish talabi bekor qilinib, loyihalarning ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa maxsus iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinishi haqidagi normani belgilash nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun mazkur sohadagi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish maqsadida tashkil etilgan maxsus iqtisodiy zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish tizimini yanada soddalashtirishga, investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga, investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirishga hamda shu asosda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevralda qabul qilingan “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-604-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 2, 106-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-moddaning yettinchi xatboshisidagi “maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi” degan soʻzlar “maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 5-moddaning oʻninchi xatboshisidagi “hamda maʼmuriy kengashlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi maxsus iqtisodiy zona hududida joylashgan, boʻsh turgan va faoliyat koʻrsatmayotgan davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda, maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi qismidagi “Maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 16-moddaning toʻrtinchi qismidagi “keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etish uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “keyinchalik erkin iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashiga taqdim etish uchun” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 20-moddaning uchinchi qismidagi “Davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 21-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “maʼmuriy kengashiga” degan soʻzlar “direksiyasiga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) 23-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“maxsus iqtisodiy zona hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini saralab olishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zonaning muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus iqtisodiy zona direksiyasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha oʻn toʻrtinchi, oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “maxsus iqtisodiy zona maʼmuriy kengashining” degan soʻzlar “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Alohida hollarda, maxsus iqtisodiy zona direksiyasining ushbu Qonunda nazarda tutilgan vakolatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq kollegial va boshqa organlarga yuklatilishi mumkin. Bunda mazkur modda ikkinchi qismining oʻninchi — oʻn uchinchi xatboshilarida va ushbu Qonun 28-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan vakolatlar 2025-yil 1-yanvarga qadar tashkil etilgan amaldagi kollegial va boshqa organlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 25-moddaning birinchi qismidagi “maʼmuriy kengashining va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 27 va 28-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27-modda. Investitsiya buyurtmanomasini maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi tomonidan koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga kelib tushgan investitsiya buyurtmanomasi oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan, shuningdek ularning ushbu Qonunning 15 — 19-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligini oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqadi va investorga tegishli xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish jarayonida maxsus iqtisodiy zona direksiyasi investorga investitsiya loyihasiga oʻzgartirishlar (qoʻshimchalar) kiritishni taklif qilishi mumkin. Bunda maxsus iqtisodiy zona direksiyasining takliflari uning xulosasida aks ettiriladi. Investor taklif etilayotgan oʻzgartirishlarga (qoʻshimchalarga) rozi boʻlmagan taqdirda maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan investor ishtirokida investitsiya buyurtmanomasini takroriy koʻrib chiqish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda hujjatlar toʻplami qaytarish sabablari asoslantirilgan holda qaytarib yuboriladi. Qaytarish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilganidan keyin investitsiya buyurtmanomasi maxsus iqtisodiy zona direksiyasiga takroran taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqishni tugatadi, investitsiya buyurtmanomasi esa qaytarish sabablari asoslantirilgan holda investorga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor tomonidan investitsiya buyurtmanomasini taqdim etish, uning maxsus iqtisodiy zona direksiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasining direktori va ushbu zona masʼul xodimlari oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi munosabati bilan investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish chogʻida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarga nisbatan maxfiylikka rioya etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha maxsus iqtisodiy zona direksiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, bayonnoma maxsus iqtisodiy zona direksiyasining direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomadan koʻchirma investitsiya buyurtmanomasini bergan investorga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya buyurtmanomasida koʻrsatilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron-onlayn auksion gʻolibi bilan investitsiya bitimini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini yoki boʻsh turgan (foydalanilmayotgan) binoni uning umumiy maydonini va joylashgan yerini belgilagan holda elektron onlayn-auksionga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiya buyurtmanomasini bergan investor investitsiya loyihasini amalga oshirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning amal qilishi maxsus sanoat zonalarining hududlarida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan investitsiya loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni koʻrib chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yuridik shaxsning maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini yoʻqotishi toʻgʻrisidagi qaror maxsus iqtisodiy zonaning direksiyasi tomonidan maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi bilan investitsiya bitimi maxsus iqtisodiy zona direksiyasining qaroriga binoan bekor qilinadi va ishtirokchi Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestridan chiqariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qismidagi “maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) 32-moddaning toʻrtinchi qismidagi “maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi hamda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismidagi “maʼmuriy kengashi” degan soʻzlar “direksiyasi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismidagi “maʼmuriy kengashining” degan soʻzlar “direksiyasining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 34-moddaning ikkinchi qismidagi “maʼmuriy kengashining bayonnomasi (undan koʻchirma)” degan soʻzlar “direksiyasi qarori (undan koʻchirma)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “maxsus iqtisodiy zonaning maʼmuriy kengashi tomonidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsus iqtisodiy zona direksiyasining daromadlari Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestriga kiritganlik uchun olinadigan toʻlovlardan, maxsus iqtisodiy zona direksiyasining foydalanishida va boshqaruvida boʻlgan binolar, inshootlar va yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini elektron onlayn-auksion vositasida sotishdan, shartnomalar boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan kelib tushadigan tushumlardan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 46-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 47-moddaning uchinchi xatboshisidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 5-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1010-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2024-y., 03/24/1010/1007-son)