30.11.2024 yildagi 805-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Yoʻl harakati qoidalariga piyodalar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining, jumladan, piyodalar va bolalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha tizimli choralar koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, yoʻl infratuzilmasida yetarli sharoitlar yaratilmaganligi natijasida yoʻl qatnov qismida piyodalarning harakatlanishi yoʻl harakati xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Piyodalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar harakatining ustuvorligini hamda yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga ilovaga muvofiq “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisini hamda yoʻl yotiq chiziqlarini joriy qilishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda yoʻl yotiq chiziqlari shaharlar va boshqa aholi punktlarining koʻchalarida, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yoʻllarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida, turar joy dahalaridagi koʻrinish cheklangan chorrahalarda, bolalar maydonchalari hamda taʼlim tashkilotlari oldidagi yoʻl uchastkalarida, ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam koʻp toʻlanadigan joylarda, koʻchalarning 1.21. “Bolalar” yoʻl belgisi taʼsiridagi qismlariga oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda tahlillar asosida 2025-2026-yillarda “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda yoʻl yotiq chiziqlarini oʻrnatish zarur boʻlgan joylar roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda yoʻl yotiq chiziqlari shaharlar, viloyatlar, tumanlar markazlaridagi koʻchalarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi hamda davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari, shuningdek, boshqa aholi punktlaridagi koʻchalarda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Transport vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻz DSt 3403:2022 “Sunʼiy notekisliklar. Umumiy texnik talablar”, Oʻz DSt 3283:2022 “Yoʻl belgilari umumiy texnik talablar” Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlariga ushbu qarorga muvofiq joriy etilayotgan “Baland piyodalar oʻtish joylari” yoʻl belgisi hamda yoʻl yotiq chiziqlari oʻrnatiladigan joylarning texnik koʻrsatkichlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va transport vaziri I.R. Mahkamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
805-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi 805-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 183-band quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Baland piyodalar oʻtish joylarini tashkil etish.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ogohlantiruvchi belgilarda 1.20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1.20. “Piyodalar oʻtish joyi”. 5.16.1, 5.16.2, 5.48 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.4, 1.29.1 — 1.29.3 yoʻl chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5.18. “Tavsiya etilgan tezlik”. Yoʻlning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qoʻllansa, uning taʼsir oraligʻi xavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi. 5.48 yoʻl belgisi oʻrnatilgan koʻcha va yoʻllarda oʻrnatilishi lozimligini bildiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 5.48-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5.48. “Baland piyodalar oʻtish joyi”. 5.16.1-5.16.2 yoʻl belgilari bilan birga qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Yoʻl belgilarining tasvirlari tushirilgan qismida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-ishora belgilari” soʻzlari “Axborot-koʻrsatgich belgilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi tasvirdagi yoʻl belgisi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.48. “Baland piyodalar oʻtish joyi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yotiq chiziqlar quyidagi mazmundagi 1.29.1, 1.29.2 va 1.29.3-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.29.1-sunʼiy notekislik (baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.29.2-sunʼiy notekislik (avtomobil yoʻllarida 3D koʻrinishdagi baland piyodalar oʻtish joyini bildiradi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.29.3-avtomobil yoʻllarida “3D” koʻrinishdagi piyodalar oʻtish joyi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 09/24/805/1001-son)