03.12.2024 yildagi PQ-417-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.12.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish hamda joriy yil 20-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda ishlab chiqaruvchilarga qulay raqobat muhitini taʼminlash, ularning davlat xaridlaridagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yil 1-yanvardan boshlab ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni taklif etishning quyidagi yoʻnalishlarini nazarda tutuvchi ochiq va shaffof Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi joriy qilinsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlar va tovarlar kesimida ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisidagi sanoat xaritasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida, shuningdek, ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida oʻzaro kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ofteyk shartnomalar tuzish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“B2B” va “B2C” formatida “marketpleys” shaklidagi erkin savdo maydonchasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmachilari tomonidan ustuvor ravishda Ishlab chiqaruvchilar ekotizimiga kiritilgan ishlab chiqaruvchilardan tovarlarni xarid qilish, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida xarid qilish boʻyicha alohida tartib belgilangan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ishlab chiqaruvchilar ekotizimining toʻliq joriy etilishi va uning barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash uchun masʼul tashkilot ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarning ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida “davlat xaridlari — biznesga koʻmak” tamoyili asosida “tadbirkorbay” ishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot va moliya, gʻaznachilik organlari xodimlari hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkor bilan manzilli ishlab, ularga davlat xaridlarida faol ishtirok etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilar davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalidan roʻyxatdan oʻtkaziladi, shuningdek, ularning ofertalari bir vaqtning oʻzida barcha davlat xaridlari elektron tizimlarida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron doʻkon va boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion savdolarida ishlab chiqaruvchilarga ular tomonidan yetkazib berilgan tovarlar miqdoriga mutanosib ravishda haq toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligining yuqori va oʻrta barqarorlik reytingi toifalariga mansub tadbirkorlik subyektlari hisoblangan ishlab chiqaruvchilarga barcha davlat xaridlari elektron tizimlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlarida ishtirok etish uchun vositachilik yigʻimi miqdoriga nisbatan 50 foiz chegirma taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishda qoʻshimcha zakalat kiritmaslik toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari davlat xaridlarini amalga oshirishda toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar, shuningdek, import ulushini keskin kamaytirib borish kabi mezonlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi PF-49-son Farmoniga muvofiq belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va yirik davlat korxonalari tomonidan har yarim yil yakuniga koʻra amalga oshirilgan davlat xaridlari, shu jumladan, import va toʻgʻridan-toʻgʻri xaridlarning ulushini keskin kamaytirish boʻyicha koʻrilgan choralar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot berib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari sohasida nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari ushbu sohada aniqlagan huquqbuzarliklar, shuningdek, xato va kamchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etgan holda doimiy ochiqlab boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarid qilish tartib-taomilida davlat xaridlarini amalga oshirish uchun talabgor sifatida ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlarining davlat xaridlari jarayonidagi faoliyatini elektron axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida maxsus axborot portalida inson omilisiz baholab boruvchi skoring tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portalida xorijiy davlatlardagi davlat xaridlarida ishtirok etish boʻyicha oʻquv materiallari joylashtiriladi va har chorakda yangilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda elektron kooperatsiya portali faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqib, uni takomillashtirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xaridlari tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi uslub va mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan konsorsium tashkil etgan holda, davlat xaridlarida ishtirok etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi amaliy ishlar samaradorligini hamda mavjud imkoniyatlarni doimiy muhokama qilib borish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida tegishli tarmoq uyushmalaridagi faol ishlab chiqaruvchilardan iborat jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi “Xarid islohotchilari guruhi”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar samaradorligini oʻrganish va sohada mavjud qoʻshimcha imkoniyatlarni amaliyotga joriy qilish hamda bu borada tegishli takliflarni tayyorlash mazkur guruhning asosiy vazifalaridan biri etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, ishlab chiqaruvchi korxonalarning davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirishga qaratilgan targʻibot ishlari muntazam ravishda tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-417-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2024-y., 07/24/417/0999-son; 15.10.2025-y., 07/25/304/0942-son)