Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tramvay va trolleybus korxonalarini moliyaviy sogʻlomligini tiklash maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 31-maydagi 319-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Respublikamizda “yashil transport” ulushini oshirish maqsadida ekologik toza transport turlariga bosqichma-bosqich oʻtish, tramvay hamda trolleybus transportida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari kuyidagi mazmundagi 1041-bandi bilan toʻldirilsin:
“1041. Tramvay hamda trolleybus transportlari tomonidan foydalaniladigan elektr energiyasi uchun HETK bilan hisob-kitoblar isteʼmolchilarning II tarif guruhi uchun belgilangan tarifning 50 foizi miqdorida amalga oshiriladi”.
2. Ushbu qaror 2024-yil 1-dekabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda energetika vaziri J.T. Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-noyabr,
803-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 09/24/803/0997-son)