Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 29-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2634-6]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2634, 2014-yil 15-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 51-son, 612-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-noyabr,
192-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 15-noyabrdagi 192-son buyrugʻiga
ILOVA
Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “mazkur Nizomning 3-ilovasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan shakllarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 23-banddagi “mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan shakllarga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 46-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan shakllar asosida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 47-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 3 va 10-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.12.2024-y., 10/24/2634-6/0990-son)