Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3265-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 01-02/12-19, 01-05-4-3202-son qarori (roʻyxat raqami 3265, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3265/1109-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektr energiyasi — tovarning bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarilishi (saqlanishi) va isteʼmol qilinishi bilan tavsiflanadigan alohida turi;”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-noyabr,
183-son
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-noyabr,
10-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2024-y., 10/24/3265-1/0987-son)