Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Madaniyat va sanʼat, axborot-kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar ish haqi miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida
Milliy madaniyatimizni yanada rivojlantirish, aholiga madaniy va axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish, noyob madaniy boyliklarimizni asrab-avaylash va ommalashtirish bilan shugʻullanib kelayotgan teatr, sirk, konsert-tomosha tashkilotlari, madaniyat markazlari, kutubxona va muzeylarda faoliyat olib borayotgan xodimlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
1. Ushbu qarorga ilovadagi roʻyxatga muvofiq davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab — 20 foizga, 2025-yil 1-iyuldan boshlab — yana 15 foizga oshirilsin.
2. Tegishli vazirlik va idoralar bir oy muddatda ushbu qarorga ilovada koʻrsatilgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlarida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarning ish samaradorligini baholash (KPI) tizimini joriy qilsin.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab mazkur qarorning 1-bandiga asosan ish haqi miqdorlari oshirilishi munosabati bilan zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
4. Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-noyabr,
PQ-400-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-400-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xodimlarining ish haqi miqdorlari oshirilayotgan davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2024-y., 07/24/400/0967-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son; 22.04.2026-y., 07/26/153/0401-son)