22.12.2022 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 2-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitimni tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit muhofazasi hozirgi va kelajak avlodlar sogʻligi va farovonligi uchun zarurligiga ishonch bildirgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror iqtisodiy rivojlanish tabiiy resurslarni ekologik jihatdan oqilona boshqarishni talab qilishini tan olgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik ikki davlatning global atrof-muhitni saqlash boʻyicha masʼuliyati nuqtai nazaridan oʻzaro manfaatli va muhim ekanligini toʻliq anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global atrof-muhit muammolari boʻyicha mos qarorlar qabul qilish nuqtai nazaridan ekologik siyosat va amaliyotning muhimligini tan olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan iqtisodiy oʻsish va eng yuqori turmush darajasiga erishish ustuvorligini inobatga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining qonunchiligi va oʻz davlatlari ishtirokchi boʻlgan xalqaro shartnomalarga muvofiq, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida teng huquqlilik va oʻzaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik quyidagi asosiy yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv ifloslanishining oldini olish va nazorat qilish, shu jumladan, suvning ifloslanishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni oʻzaro uzatish va ifloslanishni bartaraf etish boʻyicha tezkor choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, shu jumladan, ularning noqonuniy transchegaraviy olib oʻtilishini oldini olish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli chiqindilarni boshqarish, shu jumladan, ularning noqonuniy transchegaraviy olib oʻtilishini oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bioxilmaxillikni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekotizimlarni degradatsiyadan asrash va qum boʻronlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer resurslaridan foydalanishda atrof-muhitni muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitga taʼsir qiluvchi favqulodda vaziyatlarga birgalikda choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit holati monitoringi, shu jumladan, birgalikda suv namunalari olish, tahlil qilish va suv sifati boʻyicha maʼlumot hamda meʼyoriy hujjatlar almashinuvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqlim oʻzgarishiga moslashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit monitoringi (Tomonlar uchun maqbul boʻlgan atrof-muhit monitoringi qoidalari va koʻrsatkichlari, ularni tahlil qilish usullarini kelishish) sohasida qoʻshma ilmiy-tadqiqot faoliyati masalalari boʻyicha qoʻshma konferensiyalar, davra suhbatlari, shuningdek, ishchi guruhlar uchrashuvlari oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik toza ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish va tarqatishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma taʼlim dasturlarini, ilmiy tadqiqotlarni joriy etish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash va hamkorlikdagi faoliyat natijalarini ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli chiqindilarni transchegaraviy olib oʻtish va ularni yoʻq qilishda davlat nazorati boʻyicha oʻzaro hamkorlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orol havzasidagi ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchib yuruvchi hayvonlarni, shuningdek, Tomonlar davlatlarining hududida yashovchi hayvon turlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikning Tomonlar oʻzaro kelishgan boshqa yoʻnalishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagi dasturlarni birgalikda amalga oshirish uchun ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining chegaradosh hududlarida oʻrmon massivlarini tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston va Oʻzbekistonning chegaradosh hududlarida tuproq va oʻsimliklar qoplami degradatsiyasiga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhit holati monitoringini tashkillashtirish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining chegaradosh hududlaridagi atrof-muhit holati toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi reglamentini ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar atrof-muhitga transchegaraviy taʼsir koʻrsatadigan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida oʻzaro xabardor qilishning ishchi mexanizmini ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro yordam asosida boshqa Tomon davlatining atrof-muhitiga zarar yetkazuvchi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, atrof-muhitga transchegaraviy taʼsirni maksimal darajada bartaraf etish yoki kamaytirish boʻyicha zarur choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Tomonlar davlatlarining mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirishga masʼul boʻlgan vakolatli organlari hisoblanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻiston tomonidan — Qozogʻiston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa vakolatli organ tayinlangan taqdirda yoki Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari nomlanishida oʻzgarish boʻlsa, Tomonlar darhol bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha tegishli masalalarni hal etish uchun masʼul boʻlgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Qozogʻiston qoʻshma komissiyasini tuzadilar. Komissiya yigʻilishlari yiliga kamida bir marta, navbati bilan Tomonlar davlatlarining hududlarida oʻtkaziladi. Komissiya yigʻilishining qarorlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlarning oʻz davlatlari ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq moliyaviy xarajatlarni oʻz davlatlarining qonunchiligida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida mustaqil ravishda qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning kelishuviga koʻra, mazkur Bitimga uning ajralmas qismlari hisoblanadigan va alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashda nizo va kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar ularni maslahatlashuv va muzokaralar orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali uning amal qilish muddatini tugatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonning yozma xabarnomasini olgan sanadan boshlab olti (6) oy oʻtgunga qadar oʻz kuchida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2022-yil 22-dekabrda har biri oʻzbek, qozoq va rus tillarida boʻlgan ikki nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Tomonlar rus tilidagi matnga tayanadilar.

(imzolar)