Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bayonnoma
Davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Tojikiston Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda Tomonlar deb ataluvchilar,
2002-yil 12-fevralda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi Bitimning (keyingi oʻrinlarda — Bitim) 6 va 9-moddalariga amal qilgan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bitimning Ilovasi hisoblangan davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari Roʻyxatiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
11 va 14-bandlar (keyingi oʻrinlarda — Ilova) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ | ||||||
11. | XASHTYAK avtomobil yoʻli** | Soʻgʻd viloyati, Spitamen tumani | BEKOBOD avtomobil yoʻli | Toshkent viloyati, Bekobod shahri | Xalqaro | Kechayu kunduz |
... | ||||||
14. | ZAFAROBOD avtomobil yoʻli | Soʻgʻd viloyati, Zafarobod tumani | XOVOSTOBOD avtomobil yoʻli | Sirdaryo viloyati, Xovost tumani | Xalqaro | Kechayu kunduz |
”; | ||||||
“Nov”, “Nov tumani”, “Penjikent tumani” va “Tursunzoda tumani” tegishliligi boʻyicha “Spitamen”, “Spitamen tumani”, “Penjikent shahri” va “Tursunzoda shahri” soʻzlari almashtirilsin;
rus tili matnidagi “Sogdskaya” soʻzi “Sogdiyskaya” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yangi izoh qoʻshilsin:
“** Oʻtkazish punkta shaxslar, yengil transport vositalari, tovarlar, yuklar, hayvonlar va boshka mulklarni oʻtkazadi.”.
2-modda
Mazkur Bayonnoma Bitimning ajralmas qismi hisoblanadi va Bitimning 11-moddasiga muvofiq kuchga kiradi.
Mazkur Bayonnoma Bitimning amal qilishi tugatilgunga qadar amal qiladi.
Dushanbe shahrida 2024-yil 18-aprelda ikki nusxada, har biri oʻzbek, tojik va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bayonnoma qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, Tomonlar rus tilidagi matnga murojaat qiladilar.
(imzolar)