ILOVA
62-ILOVA
1. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: | Quvvati 20 kilovattdan ortiq boʻlgan isteʼmol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihasini kelishish boʻyicha xulosa. |
2. | Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyatlar (harakatlar): | Quvvati 20 kilovattdan ortiq boʻlgan isteʼmol obyektlariga energiya yetkazib berish loyihasini kelishish. |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik va jismoniy shaxslar. |
4. | Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: | Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi “Oʻzenergoinspeksiya” (hududiy boshqarmalar) |
5. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | a) Ariza. |
Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: | ||
yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; | ||
jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSH SHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa), telefon raqami; | ||
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi filiallardan olingan texnik shart; | ||
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi filial tomonidan loyiha koʻrib chiqilganligi boʻyicha xat; | ||
isteʼmolchini elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha ishlab chiqilgan elektr taʼminoti loyihasi. | ||
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi. |
7. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim: | Yigʻim undirilmaydi. |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddati: | 5 ish kuni. |
9. | Ruxsat etishga oid talab va shartlar: | 1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya etilishi*; |
2. Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari (roʻyxat raqami 20-15-143/14,18.07.2006-y.) talablariga rioya etilishi*; | ||
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 10-oktabrda 1864-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom talablari boʻyicha reaktiv quvvat kompensatsiyalovchi boʻyicha ishlar amalga oshirilganligi*; | ||
4. Texnik shartlarda quvvati 500 kVtdan yuqori hamda qoʻshimcha quvvat olgan taqdirda olingan texnik shartning oldingi quvvati bilan qoʻshib hisoblanganda umumiy quvvati 500 kVtdan oshgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligidan tegishli xulosa olinganligi*; | ||
5. Energiya samaradorlikni oshirish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh panellari)dan foydalanishi (zaruratga koʻra); | ||
6. Oʻz hududidan tashqarida elektr tarmoqlari hamda transformator qurilmalari oʻrnatilgan taqdirda arxitektor va tegishli tashkilotlar bilan kelishilganligi*; | ||
7. Elektr taʼminot loyihasi tegishli ruxsatnomasi bor (litsenziya) tashkilotlar bilan loyiha hujjatlarni amalga oshirish *; | ||
8. Isteʼmolchi ulanadigan tarmoq yoki transformator boshqa isteʼmolchining tasarrufida boʻlgan taqdirda ulanish uchun ruxsat olish*; | ||
9. Yuqori kuchlanishli (35 kVtdan yuqori) tizim tarmoqlariga ulangan taqdirda “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Milliy dispetcherlik markazi” bilan kelishilganligi*; | ||
10. Turar joy va jamoat binolarining elektr jihozlari (SHNQ 2.04.17-2019) qoida talablariga rioya etilishi; | ||
11. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish (SHNQ 2.07.01-03) qoida talablariga rioya etilishi; | ||
12. Tabiiy va sunʼiy yoritish (QMQ 2.01.05-2019) qoida talablariga rioya etilishi. | ||
10. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: | Cheklanmagan. |
11. | Izoh: | Isteʼmolchi tomonidan qoʻshimcha quvvatga ehtiyoj tugʻilganda qoʻshimcha texnik shart olish uchun loyiha qayta kelishiladi. |
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qaroriga asosan elektr tarmoqlariga ulash uchun arizalar yuborilganda loyihalarni kelishish kompozit tarzda amalga oshiriladi. | ||
*Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. | ||
”. |
61-ILOVA
1. | Xulosa nomi: | Chet ellik fuqarolarni jalb etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida. |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar): | Jalb etilayotgan chet ellik fuqarolarning ishchi kuchiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojga muvofiqligi. |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: | Yuridik shaxs (ish beruvchi) va jismoniy shaxs (ish beruvchi yoki chet el fuqarosi). |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda hududiy boʻlinmalari. |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar: | Ariza. |
Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: | ||
chet el fuqarosining F.I.O, telefon raqami, elektron pochta manzili, Oʻzbekiston Respublikasida yashash manzili; | ||
maʼlumoti, mutaxassisligi; | ||
ish beruvchining F.I.O yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSH SHIR); | ||
taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi; | ||
migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtish muddatlari (mavjud boʻlsa). | ||
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi. |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi. |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati: | 5 ish kuni. |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari: | Jalb etilayotgan chet ellik fuqarolarning soni va mutaxassisliklari (lavozimlari) ish beruvchining ishchi kuchiga boʻlgan haqiqiy ehtiyojiga muvofiqligi. |
10. | Xulosaning amal qilish muddati: | Cheklanmagan. |
11. | Izoh: | - |
”; |
7-ILOVA
1. | Xulosa nomi: | Gidrogeologik xulosa. |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar): | Hududning yer osti suvlari holati. |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: | Yuridik va jismoniy shaxslar. |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi gidrogeologiya korxonalari xulosasini inobatga olgan holda. |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar: | Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: |
a) yuridik shaxs uchun — nomi, STIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va hisobvaragʻi, telefon raqami; | ||
b) jismoniy shaxs uchun — F.I.O, JSHSHIR, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami; | ||
v) koʻrsatilgan hududning aniq joyi; | ||
g) loyihalanayotgan quduqning geografik joylashish koordinatalari: | ||
shimoliy kenglik; | ||
sharqiy uzunlik; | ||
d) yer osti suvini olishdan maqsad: | ||
xoʻjalik-ichimlik; | ||
ishlab chiqarish-texnik (sanoat); | ||
qishloq xoʻjaligi (sugʻorish); | ||
zax qochirish (drenaj); | ||
davolash-balneologik; | ||
e) yer osti suviga boʻlgan talab hajmi (m3/kun). | ||
Arizada keltirilgan barcha soʻrov savollariga maʼlumotlar toʻliq toʻldirilgan boʻlishi shart. Maʼlumotlarning toʻgʻriligi va koʻrsatilgan hududning aniqligiga qarab gidrogeologik xulosa aniq bir maydon uchun beriladi. | ||
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi. |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari. |
Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi: | ||
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda: | ||
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga; | ||
0,5 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga; | ||
6,5 foizi — “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DMga; | ||
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DMga; | ||
b) YIDXP orqali murojaat etilganda: | ||
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi; | ||
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi shaxsiy hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi yigʻim toʻlanganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun); | ||
3,25 foizi — “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DMga; | ||
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DMga”. | ||
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati: | 8 ish kuni. |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari: | Koʻrsatilgan hududda yer osti suvlari holatini va tegishlicha quduq burgʻilashning maqsadga muvofiqligi (yer osti suvlari zaxiralarining mavjudligi, suv chiqarish imkoniyati, sifat koʻrsatkichlari kabilar). |
10. | Xulosaning amal qilish muddati: | 2 yil. |
11. | Izoh: | Qonunchilik hujjatlari bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq yer osti suvlarining koʻp yillik oʻrtacha sathiga nisbatan suv sathi 5 metrgacha pasaygan hududlar boʻyicha ariza bilan bir vaqtda quyidagi organlar tomonidan 5 ish kuni ichida kelishib beriladi: |
a) Suv xoʻjaligi vazirligi: qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarini sugʻorish maqsadlari uchun — suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish shartlari bilan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga gidrogeologik xulosani berish uchun arizani qabul qilish yoki rad etishni kelishib beradi; | ||
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari: ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun — hududiy rivojlantirish dasturlari va suvdan tejamli foydalanish shartlari bilan yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilashga gidrogeologik xulosani berish uchun arizani qabul qilish yoki rad etishni kelishib beradi. | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DM: gidrogeologik xulosani tayyorlaydi va “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DMga yuboradi. | ||
Gidrogeologik xulosa axborot hujjati boʻlib, suvga quduq burgʻilash loyihalarini tuzish uchun asos hisoblanadi. Burgʻilash loyihalarini tuzish belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalarining talablariga asosan tayyorlanadi. | ||
Gidrogeologik xulosada quyidagi asosiy maʼlumotlar aks ettiriladi: | ||
koʻrsatilgan hududning geologik-gidrogeologik tuzilishi haqida maʼlumot; | ||
yer osti suv qatlamining tavsifi, gidrokimyoviy va gidrodinamik xossalari haqida maʼlumot; | ||
tegishlicha loyihalashtirilayotgan quduqlarning konstruksiyasiga tavsiyalar. | ||
Maxsus dala gidrogeologik tadqiqot ishlari va fond maʼlumotlarini oʻrganish natijasida koʻrsatilgan hududda yer osti suvlari mavjud (yetarli) emasligi aniqlansa, hududni suv bilan taʼminlashning boshqa manbalari tavsiya etilgan holda (mavjud boʻlgan hollarda) gidrogeologik xulosa tayyorlanadi. | ||
Gidrogeologik xulosa elektron shaklda matn koʻrinishida jadvallar, xaritalar va chizmalar kabi qoʻshimcha maʼlumotlar bilan toʻldirilgan holda tayyorlanadi. | ||
Gidrogeologik xulosani tayyorlash va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali yuborish jami 8 ish kunidan oshmasligi zarur. | ||
”; |
19-ILOVA
1. | Xulosa nomi: | Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa. |
2. | Xulosa beriladigan obyekt (harakat, faoliyat, tovar va boshqalar): | Bino (inshoot) va xonalar. |
3. | Xulosa olishni soʻrab murojaat qiladigan shaxslar toifasi: | Jismoniy va yuridik shaxslar. |
4. | Xulosani berishga vakolatli organ(lar): | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari. |
5. | Xulosa olish uchun talab etiladigan maʼlumotlar va hujjatlar: | a) Ariza. |
Arizada quyidagilar koʻrsatiladi: | ||
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa); | ||
bino (inshoot) va xonalarning joylashgan manzili; | ||
bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasini olish maqsadi (aniq koʻrsatiladi); | ||
b) bino (inshoot) va xonalarning atrof-muhit muhofazasi loyihasi. | ||
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi. |
7. | Xulosa berganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori: | Bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi. |
8. | Xulosa berish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati: | 5 ish kuni. |
9. | Xulosa berishning talab va mezonlari: | Bino (inshoot) va xonalarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga talablariga muvofiqligi. |
10. | Xulosaning amal qilish muddati: | 3 yil. |
11. | Izoh: | Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda xulosani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi. |
Bino (inshoot) va xonalar — umumiy maydonda joylashgan bir yoki bir nechta bino (inshoot) va xonalarning mavjudligi; | ||
Bino (inshoot) va xonalarning sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi — xoʻjalik va boshqa faoliyat turlari, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek, loyiha hujjatlari, qurilish loyihalari va foydalanish hujjatlari hamda laboratoriya tahlillari natijalarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologiya hujjati. | ||
”. |