1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3573]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais A. AZIZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 15-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 19-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 07-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisining 2024-yil 15-oktabrdagi 113-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom kiberxavfsizlik subyektlarining axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlarini, shuningdek axborot tizimlari va resurslarini yaratish boʻyicha texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiberxavfsizlik subyekti — milliy axborot resurslariga ega boʻlish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish hamda ulardan foydalanish boʻyicha elektron axborot xizmatlari koʻrsatish, axborotni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik bilan bogʻliq muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega boʻlgan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari — davlat boshqaruvi va davlat xizmatlari koʻrsatish, mudofaa, davlat xavfsizligini, huquq-tartibotni taʼminlash, yoqilgʻi-energetika majmui (atom energetikasi), kimyo, neft-kimyo tarmoqlari, metallurgiya, suvdan foydalanish va suv taʼminoti, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish, bank-moliya tizimi, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, strategik ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida va ijtimoiy sohada qoʻllaniladigan axborotlashtirish tizimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq — axborot tizimini ishlab chiqish, ishga tushirish va qabul qilish davomida amalga oshirilishi kerak boʻlgan qarorlarga qoʻyiladigan talablar qayd qilingan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari, muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilganidan boshqa axborot tizimlari va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish kiberxavfsizlik subyektlarining tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kiberxavfsizlik subyektlarining axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlarini, shuningdek texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi, bundan mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat sirlarini tashkil etadigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan axborot tizimlari va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizasi axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyalash doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqlar loyihalari — kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiberxavfsizlik subyektlarining axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari — texnik topshiriqlar va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foydalanilayotgan axborot tizimlari ikki yilda kamida bir marta kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kiberxavfsizlik subyektlarining veb-saytlar koʻrinishidagi axborot resurslari bir yilda kamida bir marta kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tayyor yechim shaklida xorijda ishlab chiqilgan axborot tizimlari va resurslari faqat kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan mazkur Nizomning 4-bobida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yangi ishlab chiqiladigan axborot tizimi yoki resursi foydalanishga joriy etishdan avval texnik topshiriq va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan mazkur Nizomning 3 va 4-boblarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun ariza kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan Markazga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi texnik topshiriq loyihasi boʻyicha maʼlumot, texnik topshiriq loyihasi va unga tegishli ilovalar hamda texnik topshiriq loyihasiga tushuntirish xati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz ariza va unga ilova qilingan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar va texnik topshiriqlar loyihalarini koʻrib chiqadi hamda ularni kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi hollarda Markaz tomonidan kiberxavfsizlik subyektiga texnik topshiriq loyihasi kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq loyihasining shakli, tarkibi va uni rasmiylashtirilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimini ishlab chiqish, ishga tushirish va qabul qilish bilan bogʻliq boʻlmagan texnik topshiriq loyihalari taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik subyekti xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza berishi mumkin. Bunda, takroran berilgan ariza Markaz tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi, bundan mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, Markaz kiberxavfsizlik subyektiga ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish Markaz tomonidan ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 30 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqlar loyihalarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqlar loyihalarida zamonaviy axborot texnologiyalari vositalarining qoʻllanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqlar loyihalarida axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash nazarda tutilganligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspertizadan oʻtkazish jarayonida texnik topshiriqlar loyihalari mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlansa, Markaz kiberxavfsizlik subyektini texnik topshiriqda aniqlangan nomuvofiqliklarni 30 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi. Bunda, ushbu muddat davomida texnik topshiriqlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish muddati toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kiberxavfsizlik subyekti texnik topshiriqlar loyihalaridagi nomuvofiqliklarni belgilangan muddatda bartaraf etgandan soʻng Markazga ekspertizani davom ettirish uchun texnik topshiriq loyihasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Texnik topshiriqlar loyihalari mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa va kiberxavfsizlik subyekti tomonidan texnik topshiriq loyihasidagi nomuvofiqliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, Markaz texnik topshiriq loyihasini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspert xulosasi berishni rad etadi hamda bu haqda rad etish sabablarini koʻrsatgan holda 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik subyekti texnik topshiriq loyihasini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etishi mumkin. Bunda, takroran berilgan ariza boʻyicha texnik topshiriqlar loyihalari ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Texnik topshiriqlar loyihalari mazkur Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, Markaz tomonidan texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi va 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekspert xulosasida texnik topshiriq nomi, axborot tizimining vazifasi, texnik topshiriq loyihasining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Axborot tizimi yoki resursini ishlab chiqish davrida yoki undan soʻng mazkur axborot tizimi yoki resursiga funksional oʻzgartirish kiritish, shu jumladan yangi versiyada ishlab chiqish yoki unga qoʻshimcha funksiyalar qoʻshish rejalashtirilsa, kiberxavfsizlik subyekti ushbu oʻzgartirishlarni oʻzida jamlagan texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqadi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etadi. Bunda, ekspertiza ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Axborot tizimlari va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish mazkur Nizomning 4-ilovasida koʻrsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizani oʻtkazish uchun ariza kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan Markazga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq va uning ilovalari, shu jumladan, administrator hamda foydalanuvchilar qoʻllanmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursining Internet butunjahon axborot tarmogʻidagi manzili (axborot tizimi yoki resursida sinov maʼlumotlari boʻlishi lozim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursi va ularning modullariga masofadan kirish imkonini beruvchi maʼlumotlar (superadministrator huquqi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursi oʻrnatilgan server qurilmalariga masofadan kirish imkonini beruvchi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Markaz ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida taqdim etilgan ariza va unga ilovalarni koʻrib chiqadi hamda axborot tizimi va resursini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Quyidagi hollarda Markaz tomonidan kiberxavfsizlik subyektiga axborot tizimi va/yoki resursi texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish rad etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 26-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiberxavfsizlik subyekti tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar boʻyicha axborot tizimi yoki resursiga masofadan kirish imkoni boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriqda belgilangan quyi tizim va modullar axborot tizimi yoki resursida toʻliq mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik topshiriq kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilmaganda yoki u ekspertizadan oʻtkazilgan texnik topshiriqqa muvofiq boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik subyekti xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza berishi mumkin. Bunda, takroran berilgan ariza Markaz tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, Markaz kiberxavfsizlik subyektiga ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza Markaz tomonidan ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 60 ish kuni ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ekspertizadan oʻtkazishda axborot tizimi va resurslari texnik topshiriqda belgilangan texnik talablar asosida ishlab chiqilganligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Axborot tizimi va resurslari texnik topshiriqda belgilangan texnik talablarga muvofiq boʻlsa, Markaz tomonidan axborot tizimi yoki resursini texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi va 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Axborot tizimi yoki resurslari mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlsa, Markaz tomonidan axborot tizimi yoxud resursining texnik topshiriq talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida salbiy ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi hamda unda axborot tizimi yoki resursining texnik topshiriq talablariga nomuvofiqligi asoslari koʻrsatiladi. Ekspert xulosasi imzolangan kundan boshlab 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan axborot tizimlari va resurslarini texnik topshiriq talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida salbiy ekspert xulosasi berilganda, kiberxavfsizlik subyekti ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etishi mumkin. Bunda, takroran berilgan ariza boʻyicha axborot tizimi va resursi ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ekspert xulosasida ekspertiza oʻtkazishning asosi va predmeti, ekspertiza oʻtkazilgan muddatlar, axborot tizimi yoki resursi boʻyicha umumiy maʼlumotlar hamda ekspertiza oʻtkazish natijalari qisqacha bayon etiladi. Ekspertiza xulosasiga axborotni himoya qilish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar va boshqa maʼlumotlar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ekspertiza xulosasi Markaz direktori yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Axborot tizimi yoki resursiga funksional oʻzgartirishlar kiritilsa, shu jumladan yangi versiyada ishlab chiqilsa yoki unga qoʻshimcha funksiyalar qoʻshilsa, kiberxavfsizlik subyekti 10 ish kuni ichida axborot tizimi yoki resursining oʻzgartirilgan qismini mazkur oʻzgartirishlar kiritishga asos boʻlgan texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etishi lozim. Bunda, ekspertiza ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Axborot tizimlari va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Axborot tizimi va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish mazkur Nizomning 6-ilovasida koʻrsatilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizani oʻtkazish uchun ariza kiberxavfsizlik subyektlari tomonidan Markazga mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursini lokal kompyuterda ishga tushirish uchun zarur boʻlgan manba kodining hajmi (megabaytda (MB) koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursining modullari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursidagi rollar soni (masalan, operator, moderator, foydalanuvchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursi maʼlumotlar bazasining hajmi (megabaytda (MB) koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursining maʼlumotlar bazasidagi jadvallar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tizimi yoki resursiga integratsiya qilinadigan (qilingan) boshqa axborot tizimlari va resurslari soni hamda tavsiflovchi maʼlumotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik hujjatlar toʻplami, shu jumladan texnik topshiriq, qoʻllanmalar va boshqalar (zarurat mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konfidensial maʼlumotlarni qayta ishlashga moʻljallangan axborot tizimlari va resurslari uchun ushbu axborot tizimi va resursini lokal kompyuterda ishga tushirish uchun zarur boʻlgan manba kodi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Markaz ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida taqdim etilgan ariza va unga ilovalarni koʻrib chiqadi hamda axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kiberxavfsizlik subyekti tomonidan mazkur Nizomning 39-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda, Markaz tomonidan axborot tizimi va resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik subyekti xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda ekspertizadan oʻtkazish uchun takroran ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizomning 41-bandida koʻrsatilgan kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni rad etish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, Markaz kiberxavfsizlik subyektiga ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi ekspertiza oʻtkazish uchun zaruriy dasturiy va/yoki texnik vositalar hamda ularga tegishli boʻlgan hujjatlar bilan Markazni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizani oʻtkazish muddati axborot tizimi yoki resursining murakkabligini hisobga olgan holda Markaz va kiberxavfsizlik subyektining kelishuviga muvofiq belgilanadi, biroq ushbu muddat ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 60 ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ekspertizadan oʻtkazishda axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi, shu jumladan axborot xavfsizligi zaifliklari, axborot tizimi yoxud resursi administratori tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatoliklar, axborot tizimi yoki resursi doirasida joriy etilgan zaif dasturiy taʼminotlar va boshqa holatlar tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Axborot tizimi va resurslari kiberxavfsizlik talablariga muvofiq boʻlsa, Markaz tomonidan axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy ekspert xulosasi rasmiylashtiriladi va 3 ish kuni ichida kiberxavfsizlik subyektiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Axborot tizimlari yoki resurslari mazkur Nizomning 45-bandida belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlsa, Markaz tomonidan axborot tizimi yoxud resursi kiberxavfsizlik talablariga nomuvofiqligi toʻgʻrisida hisobot tuziladi va unda kiberxavfsizlik talablariga nomuvofiqlik holatlari, ularning oqibatlari va ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kiberxavfsizlik subyekti hisobotda koʻrsatilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etib, Markazga 20 ish kuni ichida qayta ekspertiza oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin. Bunda, Markaz tomonidan qayta ekspertiza 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik subyekti tomonidan 20 ish kuni ortiq muddatda taqdim etilgan hujjatlar ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi va ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Axborot tizimlari yoki resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspert xulosasida ekspertiza oʻtkazishning asosi va predmeti, ekspertiza oʻtkazilgan muddatlar, axborot tizimi yoki resursi boʻyicha umumiy maʼlumotlar hamda ekspertiza oʻtkazish natijalari, axborotni himoya qilish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar va boshqa maʼlumotlar bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ekspert xulosasi va hisobot Markaz direktori yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Axborot tizimi yoki resursiga funksional oʻzgartirishlar kiritilsa, shu jumladan yangi versiyada ishlab chiqilsa yoki unga qoʻshimcha funksiyalar qoʻshilsa, kiberxavfsizlik subyekti 10 ish kuni ichida axborot tizimi yoki resursini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun Markazga taqdim etishi lozim. Bunda, ekspertiza ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Markaz va uning masʼul xodimlari ekspertiza oʻtkazish jarayonida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarning konfidensialligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Ishtirokchi
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Kiberxavfsizlik subyekti
Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun arizani “Kiberxavfsizlik markazi” DUKga taqdim etish.
oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
1. Ariza, taqdim etilgan hujjatlar va texnik topshiriqlar loyihalarini koʻrib chiqish.
2. Texnik topshiriqlar loyihalari belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, ekspertiza oʻtkazishni rad etish haqida xabarnoma yuborish.
3. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuborish.
10 ish kuni
3-bosqich
Kiberxavfsizlik subyekti
Texnik topshiriqlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib ekspertiza oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etish.
oʻz xohishiga koʻra
4-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
1. Texnik topshiriqlar loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.
2. Texnik topshiriqlar loyihalarida kamchiliklar aniqlanganda, ularni bartaraf etish boʻyicha kiberxavfsizlik subyektiga xabarnoma yuborish.
30 ish kuni
5-bosqich
Kiberxavfsizlik subyekti
Texnik topshiriqda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va ekspertizani davom ettirish uchun taqdim etish.
30 ish kuni
6-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
1. Texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etish.
2. Texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasi berishni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik topshiriqlar loyihalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.
Kiberxavfsizlik subyektining toʻliq nomi
2.
Texnik topshiriqni ishlab chiquvchi tashkilotning toʻliq nomi
3.
Texnik topshiriq xaqida umumiy maʼlumot
3.1.
Texnik topshiriqning nomi
3.2.
Texnik topshiriq versiyasi
3.3.
Texnik topshiriqning sahifalari soni
4.
Texnik topshiriq loyihasining turi
4.1.
Axborot tizimini yaratish
Axborot tizimini oʻzgartirish
5.
Axborot tizimi xaqida maʼlumot
5.1.
Axborot tizimining toʻliq nomi
5.2.
Axborot tizimining versiyasi
5.3.
Axborot tizimi quyi tizimlarining turlari
5.3.1.
Kompyuter qurilmasi
Periferiya qurilmalari
5.3.2.
Server qurilmasi
Maʼlumotlarni saqlash tizimlari
5.3.3.
Tarmoq qurilmasi
Xavfsizlik qurilmalari
5.3.4.
Tizimli dasturiy taʼminot
Amaliy dasturiy taʼminot
5.3.5.
Maʼlumotlar bazasi
Xavfsizlik boʻyicha dasturiy taʼminot
5.3.6.
Virtuallashtirish tizimi
Bulutli xisoblashlar
5.3.7.
Pochta serveri
SIP/VoIP
5.3.8.
Internet-shlyuz
VPN
5.3.9.
Domen kontrolleri
Korporativ portal
5.3.10.
Resurslarni boshqarish tizimi
Loyihalarni boshqarish tizimi
5.3.11.
Mijozlar bilan ishlash tizimi
Veb-sayt/Veb ilova
5.4.
Axborot tizimini amalga oshirish tartibi
5.4.1.
Qurilmani xarid qilish
Dasturiy taʼminotni xarid qilish
5.4.2.
Xizmatlarni xarid qilish
Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish
5.4.3.
Axborot infratuzilmasini qurish
Tarmoq infratuzilmasini qurish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Ishtirokchi
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Kiberxavfsizlik subyekti
Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun arizani “Kiberxavfsizlik markazi” DUKga taqdim etish.
oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
1. Ariza va taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish.
2. Axborot tizimi va resurslari belgilangan talablarga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, ekspertiza oʻtkazishni rad etish haqida xabarnoma yuborish.
3. Texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuborish.
10 ish kuni
3-bosqich
Kiberxavfsizlik subyekti
Axborot tizimi va resurslarini ekspertizadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib ekspertiza oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etish.
oʻz xohishiga koʻra
4-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.
60 ish kuni
5-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
1. Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy ekspert xulosani taqdim etish.
2. Axborot tizimi va resurslarini texnik topshiriq talablariga nomuvofiqligi yuzasidan salbiy ekspert xulosani taqdim etish.
Axborot tizimi yoki resursi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Toʻliq nomi:
_______________________________
Qisqacha nomi:
_______________________________
Ishlab chiquvchining nomi:
_______________________________
Arizachining manzili va aloqa raqamlari:
Manzil:
_______________________________
Telefon:
_______________________________
Elektron pochta manzili:
_______________________________
Tashkilot rahbari
(imzo)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimlari va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Ishtirokchi
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Kiberxavfsizlik subyekti
Axborot tizimi va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish uchun arizani “Kiberxavfsizlik markazi” DUKga taqdim etish
oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
1. Ariza va taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish.
2. Axborot tizimi va resurslari toʻgʻrisida toʻliq taqdim etilmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda, ekspertiza oʻtkazishni rad etish haqida xabarnoma yuborish.
3. Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisida arizachiga xabarnoma yuborish.
3 ish kuni
3-bosqich
Kiberxavfsizlik subyekti
Axborot tizimi va resurslarini ekspertizadan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etib ekspertiza oʻtkazish uchun takroran ariza taqdim etish.
oʻz xohishiga koʻra
4-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
1. Axborot tizimi va resurslarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.
2. Axborot tizimi va resurslari kiberxavfsizlik talablariga nomuvofiq boʻlganda, bu haqda hisobot tuzish va uni kiberxavfsizlik subyektiga yuborish.
60 ish kuni
5-bosqich
Kiberxavfsizlik subyekti
Axborot tizimi va resurslarida aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish va qayta ekspertiza oʻtkazish uchun “Kiberxavfsizlik markazi” DUKga taqdim etish.
20 ish kuni
6-bosqich
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK
1. Qayta ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etilgan axborot tizimi va resurslarini ekspertizadan oʻtkazish.
2. Texnik topshiriq loyihalarini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etish.