15.11.2024 yildagi PQ-391-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda bolalarni vatanparvarlik hamda milliy anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, zamonaviy bilim va tajriba, ezgu fazilatlar egasi boʻlgan insonlar etib voyaga yetkazish bilan bir qatorda ularni madaniyat va sanʼat sohasiga qamrab olish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga bolalarni madaniyat va sanʼatga keng jalb qilish, ular bilan tizimli ishlash, madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish borasida qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilarni musiqa va sanʼatga keng jalb etish va ularning iqtidorini roʻyobga chiqarish uchun bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablari integratsiyasini yoʻlga qoʻyish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar umumiy oʻrta taʼlim maktablarida (keyingi oʻrinlarda — maktablar) musiqa madaniyati fanini rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchilar malakasini oshirishning yangi tartibini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchilarga malaka toifasini berish mexanizmini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini maktablarga ishga qabul qilish tizimini soddalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-martdan boshlab musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariya va amaliyot uygʻunlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka oshirish taʼlim dasturining nazariy qismi A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarida (keyingi oʻrinlarda — markazlar), amaliy (ijodiy) qismi bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tashkil etiladi va markazlarga ishga qabul qilinadigan musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari mehnatiga soatbay asosda ish haqi toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar musiqa va sanʼat maktablarining belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq yakunlagan, 11-sinfni tugatgan umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan bitiruvchilarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida toʻgarak rahbari sifatida ishlash huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarning oʻquv dasturi doirasida psixologiya va pedagogika fanlarini oʻrgangan musiqa yoʻnalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini oʻqitishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga milliy cholgʻu asboblaridan kamida 1 tasini ijro etish koʻnikmasiga ega boʻlish talabi qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bitiruv oldi amaliyoti kelishuv asosida maktablarda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Bilim va malakalarni baholash agentligi (M. Karimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025/2026 oʻquv yiliga qadar musiqa madaniyati fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab madaniyat yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarida psixologiya va pedagogika fanlarini oʻqitish amaliyotini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) bilan hamkorlikda 2025-yil 1-apreldan boshlab “Turon” maktab teatrining ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etib, jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovini (keyingi oʻrinlarda — tanlov) oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov har yili milliy va jahon musiqasi yoʻnalishlari boʻyicha maktablarning badiiy havaskorlik jamoalari oʻrtasida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovning respublika bosqichini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maktablarda darsdan tashqari tashkil etilgan “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari uchun 7 turdagi milliy musiqa cholgʻularida kuy ijro etishni oʻrgatish boʻyicha qoʻshimcha adabiyotlar, notalar va videodarslar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)larda bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda milliy va zamonaviy cholgʻu ansambllarining hisobot konsertlari budjetdan tashqari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili madaniyat va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha nufuzli xalqaro va respublika tanlovlari roʻyxatini shakllantirsin hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar musiqa va sanʼat maktablari maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha tayanch taʼlim muassasalari sifatida belgilasin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqituvchilarning musiqa cholgʻularida ijro etish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha mahorat saboqlari tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻquvchilar orasidan iqtidorli bolalarni tanlab olish, ularni madaniyat va sanʼat sohasidagi taʼlim tashkilotlariga maqsadli yoʻnaltirish uchun Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari tomonidan maktablarda targʻibot va tashviqot ishlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) bilan birgalikda uch oy muddatda musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga malaka toifalarini berish tartibini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka toifalarini berish 2 bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tashkil etiladigan amaliy (ijodiy) imtihon.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2025-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 15-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-391-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2024-y., 07/24/391/0931-son)