31.10.2024 yildagi 1416-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16, 20, 201 va 921-moddalariga hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4 va 17-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining guvohnomasi namunasi va tavsifi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining ko‘krak nishoni namunasi va tavsifi 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining transportda tekin yurish tartibi va shartlari, transport tashkilotlari bilan bu borada hisob-kitob qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-apreldagi 78-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatining yo‘lovchilar transportida bepul yurishi hamda transport tashkilotlari bilan shu bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari to‘g‘risida nizom asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida deputatning guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni, ularning namunasi hamda tavsiflarini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida” 2020-yil 6-yanvardagi 1019-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror nusxasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va hududiy saylov komissiyalariga hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining o‘rinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1416-son

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1416-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Namunaviy nizom xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatiga (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) guvohnoma va ko‘krak nishoni berish, ulardan foydalanish, shuningdek yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yangisini berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Deputatning guvohnomasi deputatning vakolati va shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Deputatning ko‘krak nishoni deputatlik maqomiga ega bo‘lgan vakolatli shaxs sifatida ajratib turuvchi belgi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘krak nishoni ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Deputatga guvohnoma va ko‘krak nishoni tegishincha hududiy, tuman va shahar saylov komissiyasida (deputatlar uchun alohida yuritilgan tegishli qayd daftarida) ro‘yxatga olinib, tegishli saylov komissiyasi raisi yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Deputatning guvohnomasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deputatning guvohnomasi tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashi deputatiga guvohnoma tegishli hududiy saylov komissiyasi tomonidan 001 raqamidan 060 raqamigacha u saylangan saylov okrugi tartib raqami bo‘yicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatiga guvohnoma tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan 001 raqamidan 030 raqamigacha u saylangan saylov okrugi tartib raqami bo‘yicha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga viloyat, tuman, shahar Kengashi deputati etib saylangan hamda ro‘yxatga olingan deputatga guvohnoma navbatdagi tartib raqamidan boshlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Guvohnoma yoki ko‘krak nishonni yangisini olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Deputatning yaroqsiz holga kelgan guvohnomasi o‘rniga aynan shu raqam bilan yangi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning yaroqsiz holga kelgan ko‘krak nishoni yangisi bilan almashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatning yo‘qolgan guvohnomasi o‘rniga navbatdagi tartib raqami bilan yangi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Guvohnoma yoki ko‘krak nishoni yaroqsiz holga kelgani haqida deputat viloyat, tuman va shahar Kengashi orqali, tegishli saylov komissiyasiga ikki ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma yoki ko‘krak nishoni yo‘qotilgani haqida deputat tegishli xalq deputatlari Kengashi raisi nomiga yozgan va ustxat qo‘yilgan bildirishnoma nusxasini ilova qilgan holda tegishli saylov komissiyasiga ikki ish kuni ichida ariza bilan murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga guvohnoma yoki ko‘krak nishonining yo‘qotilgan yoxud yaroqsiz holga kelganligi sabablari ko‘rsatilishi hamda yaroqsiz holdagi guvohnoma yoki ko‘krak nishoni va tegishli hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat guvohnomasini va (yoki) ko‘krak nishonini yo‘qotgan taqdirda unga ushbu Nizomda belgilangan tartibda guvohnoma va (yoki) ko‘krak nishoni yo‘qolgani haqida ariza bergan kundan boshlab bir oy ichida yangi guvohnoma va (yoki) ko‘krak nishoni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Deputatning yo‘qotilgan guvohnomasi topib olingan taqdirda ushbu guvohnoma ichki ishlar organlariga yoki tegishli saylov komissiyasiga topshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Deputatning yaroqsiz holga kelgan guvohnomasi, topib olingan yoki vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan deputatning tegishli saylov komissiyasiga qaytarilgan guvohnomalari kesish yo‘li bilan foydalanib bo‘lmaydigan holga keltiriladi hamda belgilangan tartibda (yoqish yo‘li bilan) yo‘q qilinadi va bu haqda tuzilgan dalolatnoma tegishli viloyat, tuman va shahar hokimligining idoraviy arxivda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Deputat guvohnoma va ko‘krak nishonidan o‘z vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvohnomasini ko‘rsatib, tegishli viloyat, tuman va shahar hududida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat guvohnoma va ko‘krak nishonini avaylab asrashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Deputatning guvohnomasini va (yoki) ko‘krak nishonini olib qo‘yish, shuningdek guvohnomani va (yoki) ko‘krak nishonini boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Deputatning vakolatlari muddati tugaganidan keyin guvohnoma va ko‘krak nishoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi hamda deputatlik vakolatini to‘liq o‘tagan shaxsda esdalik sifatida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Deputatning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda guvohnoma va ko‘krak nishoni tegishli xalq deputatlari Kengashi kotibiyati orqali ikki ish kunidan kechiktirmay tegishli saylov komissiyasiga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Deputat viloyat, tuman va shahar Kengashining vakolatlari muddati davrida vafot etgan taqdirda guvohnoma va ko‘krak nishoni uning oila a’zolarida xotira sifatida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1416-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati guvohnomasining

NAMUNASI

2a-ILOVA

TAVSIFI

1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) guvohnomasi 90x60 millimetr o‘lchamdagi qattiq charm muqovali kitobcha ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatining guvohnomasi to‘q qizil rangli, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi deputatining guvohnomasi to‘q ko‘k rangda bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Deputat guvohnomasining old tomoni yuqori va o‘rta qismlari oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining metaldan tayyorlangan o‘xshash tasviri o‘rnatiladi, uning ostida ikki satrda oltin rangda “VILOYAT (TUMAN, SHAHAR) KENGASHI DEPUTATI” degan matn joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deputatning guvohnomasi ichki so‘l tomonining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qismi chap tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli tasviri tushiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta qismi markazida uch satrda tegishli “XALQ DERUTATLARI _________________ VILOYATI (SHAHAR, TUMANI) KENGASHI DEPUTATI” degan matn qora rangda yirik joylashtiriladi. Bunda chiziq o‘rniga tegishli hudud nomi yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pastki qismining markazida qizil rangda guvohnomaning amal qilish muddati (kun, oy, yil) ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Deputatning guvohnomasi ichki o‘ng tomonining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chap o‘rta qismida deputatning 30x40 millimetr o‘lchamidagi (oq fonda) rangli fotosurati joylashtiriladi. Fotosurat o‘ng tomonining pastki burchagiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan tegishli hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasining muhri shaklidagi gologramma yopishtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qismi markaziga bir satrda qizil rangda “GUVOHNOMA №___” so‘zlari joylashgan bo‘ladi. Bunda chiziq o‘rniga guvohnomaning tartib raqami yoziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘rta qismining markazida, fotosuratdan o‘ngroqda alohida uch satrda deputatning familiyasi, ismi va otasining ismi qora rangda yirik ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pastki qismining markazida qora rangda tegishli “_____________ hududiy (shahar, tumani) saylov komissiyasining 20__-yil __-_________dagi ____-son qarori bilan ro‘yxatga olingan.” degan matn joylashtiriladi. Bunda chiziq o‘rniga tegishli hudud nomi yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Guvohnomaning ichki tomonlari maxsus qog‘ozdan tayyorlangan va shaffof plyonka bilan qoplangan bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1416-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati ko‘krak nishonining

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 31-oktabrdagi 1516-son qaroriga
3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputati ko‘krak nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining hilpirab turgan tasviri ko‘rinishida bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Deputat ko‘krak nishonining asosi mis qotishmadan tayyorlanadi. Ko‘krak nishonning old tomoni sirlangan moviy, oq va yashil rangdagi tasma chiziqlar hamda qizil rangdagi hoshiya chiziq bilan qoplangan. Oq tasma chiziq moviy va yashil tasma chiziqlardan sirlangan qizil rangdagi hoshiya bilan ajralib turadi. Ko‘krak nishondagi tasvirlar, yozuv, nishon qirralari hamda orqa tomoni zarhal qilib ishlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ko‘krak nishon old tomonining yuqori chap burchagida moviy fonda yarim oy va undan o‘ngroqda uch qatorda o‘n ikkita besh qirrali yulduz tasvirlangan bo‘ladi. Yarim oy vertikal holatda joylashtirilgan, yulduzlar esa undan o‘ngroqda, uch qatorda, ya’ni yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deputat ko‘krak nishonining oq tasma chizig‘i ustida lotin yozuvida “VILOYAT (TUMAN, SHAHAR)” degan, yashil tasma chizig‘i ustida lotin yozuvida ikki satrda “KENGASHI DEPUTATI” degan matnlar sariq rangda yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ko‘krak nishon to‘g‘nog‘ich bilan taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ko‘krak nishonning kattaligi 23x30 millimetr.