Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
“Rus tili boʻyicha xalqaro tashkilotni taʼsis etish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 18-oktabr kuni qabul qilingan “Rus tili boʻyicha xalqaro tashkilotni taʼsis etish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Rus tili boʻyicha xalqaro tashkilotni taʼsis etish toʻgʻrisidagi Shartnomani (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 24-oktabr,
SQ-1023-IV-son