24.01.2024 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqishning oldini olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1970-yil 14-noyabrdagi Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va ularga boʻlgan egalik huquqini oʻzgaga berishni man etish va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaning ijrosi doirasida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarni muhofaza qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash oʻzaro munosabatlarni yanada yaqinlashtirishning muhim vositasi hamda insoniyatning madaniy merosini muhofaza qilish vazifasini amalga oshirishga samarali yondashuv sifatida xizmat qilishiga ishonch bildirib, hamda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqish insoniyatning madaniy merosiga jiddiy tahdid solayotganini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqishning oldini olishda muhim hissa qoʻshishi mumkinligiga ishonib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Tomonlar Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va ularga boʻlgan egalik huquqini oʻzgaga berishni man etish va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (1970-yil 14-noyabr) muvofiq madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqishga qarshi kurashish boʻyicha zarur choralar koʻrishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Oʻgʻirlangan, yashirin qazib olingan va noqonuniy olib kirilgan va olib chiqilgan Xitoy madaniy boyliklarini tasniflash Xitoy qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻgʻirlangan, yashirin qazib olingan va noqonuniy olib kirilgan va olib chiqilgan Oʻzbekiston madaniy boyliklarini tasniflash Oʻzbekiston qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Bitimning ajralmas qismi boʻlgan ilovalar ikkala davlat uchun belgilangan madaniy boyliklarga mos keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va ularni noqonuniy olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq ikki davlat qonunchiligi oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda va bunday nizolar mazkur Bitimni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlsa, Tomonlar davlatlarining tegishli vakolatli organlari ularni maslahatlashuvlar orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tegishli ravishda Xitoy Milliy madaniy meros boshqarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligini mazkur Bitimni samarali amalga oshirish uchun masʼul etib tayinlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari yaqin va uzluksiz hamkorlikni yoʻlga qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Tomonlar mazkur Bitim maqsadlarida quyidagilarni oʻz ichiga olgan maʼlumotni almashadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Madaniy boyliklarni muhofaza qilish, xususan, madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish hamda olib chiqishning oldini olishga qaratilgan qonunlari va qoidalari, shuningdek, boshqaruv organlari tomonidan ishlab chiqilgan tegishli siyosat va chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Olib chiqilishi taqiqlangan va bir xil qoidalar va standartlar asosida belgilangan madaniy boyliklarning maʼlumotlar bazalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Madaniy boyliklarni olib chiqish huquqini beruvchi sertifikatlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Madaniy boyliklarni muhofaza qilish va saqlash tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E. Yer osti va suv osti artefaktlari hamda arxeologik topilmalar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F. Madaniy boyliklar oldi-sotdisiga oid asosiy tartiblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Yuqoridagi maʼlumot muntazam ravishda yangilanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Agar uzatilayotgan maʼlumot Tomonlar davlatlarning qonunchiligiga muvofiq muhofaza qilinsa yoki uning maxfiylik darajasini koʻrsatuvchi tafsilotlarga ega maʼlumotdan iborat boʻlsa, uni almashish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotlarni oʻzaro himoya qilish toʻgʻrisidagi Bitimga (Sian, 2023-yil 18-may) asosan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqib ketishning oldini olish sohasida, xususan, madaniy boyliklar xavfsizligini boshqarish, madaniy boyliklar bozorlarini boshqarish, madaniy boyliklarni olib kirish va olib chiqish boshqaruvi, qonunchilik, qonun ijodkorligi, maʼlumot toʻplash hamda xalqaro munosabatlarda muvofiqlashtiruvni amalga oshirishda kadrlar almashinuvi va malakasini oshirishni kuchaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim maqsadlarida Tomonlar olib chiqishga ruxsat etilgan madaniy boyliklarni litsenziyalash tizimini, madaniy boyliklarni roʻyxatga olish tizimini, oʻgʻirlangan madaniy boyliklar toʻgʻrisida maʼlumot berish tizimini va madaniy boyliklarni olib kirishni nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvni kuchaytiradilar va koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan xarajatlar va oʻgʻirlik, yashirin qazish yoki noqonuniy olib kirish va olib chiqish natijasida olingan madaniy boyliklarni qaytarish uchun oqilona kompensatsiya toʻlash bilan bogʻliq muammolarni maslahatlashuvlar orqali hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Tomonlar madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish hamda olib chiqishning oldini olish kabi masalalar boʻyicha har tomonlama maslahatlashuvlar olib boradilar va bir-birlarining pozitsiyalarini muvofiqlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Tomonlar keng jamoatchilik, muzeylar va boshqa madaniy tashkilotlarning xalqaro hamjamiyatning madaniy boyliklarni oʻgʻirlash, yashirin qazish va noqonuniy olib kirish va olib chiqish natijasida yuzaga kelgan tahdidlari toʻgʻrisida xabardorligini yanada oshirish boʻyicha hamkorlikni kuchaytiradilar va uchinchi davlat bilan madaniy aloqalarni muvofiqlashtirishda YUNESKOning tegishli xalqaro konvensiyalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan aloqalarni kengaytiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Tomonlar xalqaro madaniy boyliklar bozorida paydo boʻlgan noqonuniy madaniy boyliklar toʻgʻrisida bir-birlariga tegishli maʼlumotni taqdim etadilar va tegishli tekshiruvlar oʻtkazish chogʻida Tomonlarning yoʻqolgan madaniy boyliklarini baholash, roʻyxatga olish, izlash va qaytarish bilan bogʻliq maʼlumot bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.4. Tomonlar boshqa Tomonning madaniy boyliklarini noqonuniy olib kirish va ularga egalik qilish huquqini oʻtkazishning oldini olish hamda bartaraf qilish, shuningdek, noqonuniy olib chiqib ketilgan va boshqa Tomon davlati hududida saqlanayotgan madaniy boyliklarni qaytarish boʻyicha oʻzaro barcha zarur choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mazkur Bitimni amalga oshirishdan kelib chiqadigan muammolarni hal qilish va kelgusidagi hamkorlik rejalarini ishlab chiqish uchun muntazam ravishda ishlaydigan maslahatlashuv mexanizmini yoʻlga qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim davlatlari ishtirokchi boʻlgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, mazkur Bitimga uning ajralmas qismlari hisoblanadigan hamda alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar u kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim besh yil muddatga tuziladi va agar bir Tomon uning muddati tugashidan kamida olti (6) oy oldin boshqa Tomonni mazkur Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan navbatdagi besh yillik muddatga uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pekin shahrida 2024-yil 24-yanvarda, har biri oʻzbek, xitoy va ingliz tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilishda har qanday tafovutlar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xitoy madaniy boyliklari toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Toshdan yasalgan buyumlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Qumtosh, bazalt, ohaktosh, shagʻaltosh, chaqmoqtosh va boshqa turdagi toshlardan yasalgan asboblar/idishlar, asosan, taxminan 2 million yil muqaddam va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi qirgʻich, maydalagich, oʻtkir shaklli asbob, bolta, tesha, belkurak, keski, omoch, shamshir, ketmon, oʻroqlar, tegirmontoshi, frotton (qogʻoz siyohni oʻziga yaxshi singdirishi uchun uni tekislovchi disk shaklidagi tekis yuzaga ega buyum), yigiruv gʻildiragi, toʻr toshi, shtaynkern, shifer, toshshar va boshqa idishlar, shuningdek, Bi (markazida teshik boʻlgan nefrit), ohak, koʻza, piyola, qozon, siyoh saqlanadigan tosh, toshqolip, idish qolipi, mebel hamda boshqa idishlar va buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Bazalt, shagʻaltosh, chaqmoqtosh va boshqa turdagi toshlardan yasalgan qurollar, asosan, oʻq, boltacha, xanjar bolta, qilich, granula, nayza uchining barcha turlari va taxminan 50 ming yil muqaddam va miloddan avvalgi 800 yilda ishlab chiqarilgan boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Qumtosh, bazalt, ohaktosh va boshqa turdagi toshlardan yasalgan haykallar/bezaklar, asosan, barcha turdagi toshlavhalar, kuzatuv minorasi, bezakli ustunlari, sutra stelasi, petroglif, haykal, bitik, ayniga oʻxshatib yasalgan haykal, balyustrada, muhr. “Guan” va “Guo” (ichki va tashqi tobutlar), epitafiya, toshrelyef, bezaktosh, qurilish komponenti va taxminan miloddan avvalgi 8000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan boshqa buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Nefrit buyumlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Qurbonlik qilish, marosimlar va boshqa tadbirlar uchun foydalanilgan tremolit, aktinolit, serpantin va boshqa turdagi nefrit materiallardan yasalgan marosim idishlari. Ular asosan barcha turdagi Bi (markazi teshik nefrit), Kong (dumaloq teshikli toʻrtburchak nefrit), Gui (nefrit peshtaxta), Chjan (qisqa nefrit peshtaxta ), Huang (yarim halqali nefrit marjon), Xu (yoʻlbars shaklli nefrit), bolta, belkurak, jangovar bolta, qirollik muhri, tomagavka, xanjarbolta, pichoq, kitob va taxminan miloddan avvalgi 6000-yil va milodiy 1911-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan boshqa buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Marhum bilan birga dafn etilgan tremolit, aktinolit, serpantin va boshqa turdagi nefrit materiallardan tayyorlangan dafn buyumlari. Ular, asosan, barcha turdagi qoplamalar, kiyim-kechaklar, yostiqlar, Xan (marhumning ogʻzida saqlanadigan nefrit), Vo (marhumning qoʻliga tutqazilgan nefrit), Sai (marhumning 9 teshigiga solingan nefrit tiqinlar), epitaf va taxminan miloddan avvalgi 6000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan boshqa buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Tremolit, aktinolit, agat, billur, qahrabo, marjon va boshqa turdagi nefrit va qimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlar, bezaklar va boshqalar. Ular, asosan, barcha turdagi tumor, bezakli soch turmagi, oro beruvchi soch turmagi, bilaguzuk, yoqa, bosh barmoq uzugi, marjon, kolba, munchoq, taroq, shamshir, qilich bezaklari, kamar bezaklari, kamar ilgaklari, uzuk, figurali bezaklar, hayvon shaklidagi bezak, gul va qush ornamentlari va taxminan miloddan avvalgi 6000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan boshqa buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Kundalik hayot va jihozlar uchun ishlatiladigan tremolit, aktinolit, serpantin, agat, kristall va boshqa turdagi nefrit materiallaridan tayyorlangan foydali buyumlar/mebellar. Bular, asosan, taxminan miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqilgan har xil turdagi piyola, tovoq, quti, qozon, piyola, shisha, pechka, fumigat, tamaki idishi, ish yuritish buyumlari, muhr, tanga, xatchoʻp, gul idishi, bezak mebellari, shagʻaltosh, shirma va boshqa buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Keramika / plitkalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Kulolchilik, shisha va emaldan yasalgan idishlar/instrumentlar, jumladan, kulolchilik, terrakota, boʻyalgan sopol, qora sopol, jigarrang sopol, oq sopol, sirlangan sopol, binafsha qumli sopol va boshqalar, shuningdek, chinni idishlar, masalan, koʻza-xumdon, seladon, sopol oq idishlar, boʻyalgan chinni, koʻk va oq chinni, rangli sirlangan shishasimon emal va boshqalar. Ular, asosan, miloddan avvalgi 8000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi koʻza, qozon, piyola, likopcha, Yu (suyuqlik saqlash uchun keng ogʻizli idish), shisha, qadah, sopol kosa, oftoba, qozon, vaza, Zun (sharob idishi), Ding (pishiriq idishi), Li (katta sopol idish), Juye (uch oyoqli sharob idishi), Dou (ovqat saqlash uchun idish), Gui (uch oyoqli ichi boʻsh koʻza), pech, choynak, yostiq, chiroq, pechka, fumigat, baraban, stol, gazak shisha, shaxmat, yigiruv gʻildiragi, ish yuritish buyumlari, lyut, ushlagich, sopol qolip, oʻchoq mebellari, granulalar va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Kulolchilik, chinni va loydan yasalgan oʻymakorlik/haykaltaroshlik koʻrinishlari, asosan, taxminiy miloddan avvalgi 6000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan maʼbud, figura, hayvon, oʻsimlik, uy, hovli, mebel, ombor va oshxona, dala, tashuv vositasi, qayiq va boshqalarning barcha koʻrinishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Keramika, gʻisht va shishadan yasalgan arxitektura komponentlari asosan, taxminiy miloddan avvalgi 2100-yildan milodiy 1949-yilgacha boʻlgan davrda ishlab chiqarilgan barcha turdagi yassi qoliplar, nova-nova cherepitsa, karvon plitkalari, hayvon shaklidagi tizma, teksturali gʻisht, ichi boʻsh gʻisht, qolipli gʻisht relyefi, gʻisht oʻymakorligi, qolip va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Rassomlik va xattotlik / Kitoblar va hujjatlar / Qogʻozdan tayyorlangan boshqa mahsulotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Xattotlik oʻz ichiga qoʻlda yozilgan, oʻyib bitilgan yoki turli xil materiallarda chop etilgan oddiy yozuv, yarim egilgan shakldagi yozuv, egilgan yozuv, rasmiy yozuv va oʻrama, albom, yelpigʻich, kuplet, shirma va hokazo shakllaridagi muhr yozuvini oʻz ichiga oladi. Ular asosan taxminiy miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida yaratilgan xattotlikning barcha namunalari, toshbitikdan nusxa olish, nusxalar kitobi va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Rang-tasvirlar manzaraning barcha tasvirlarini, gul-qush rasmlarini, figurali rasmlarni va turli xil moddiy tashuvchilarda chizilgan, oʻyilgan yoki bosilgan boshqa rasm shakllarini oʻz ichiga oladi. Ular, asosan, taxminiy miloddan avvalgi 6000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida yaratilgan qoyatosh rasmlari, ipak boʻyoqlari, devoriy rasmlar, siyoh boʻyoqlari, rangli boʻyoqlar, gravyuralar, shuningdek, yogʻli boʻyoqlar, akvarel, guash, chizmachilik, eskiz va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Kitoblar va hujjatlarga har qanday turdagi toshbaqa qobigʻi, hayvon suyagi, bambuk, ipak, qogʻoz va boshqa materiallarga xitoy etnik tillarida oʻyilgan, yozilgan yoki bosilgan har qanday qadimiy kitob, jild va boshqa adabiyotlar kiradi. Ular, asosan, taxminan miloddan avvalgi 3500-yil va milodiy 1949-yil oraligʻidagi barcha turdagi folbinlik (orakul) suyagi, ahd, bambuk boʻlagi, ipak qoʻlyozma, kitob, oqqa koʻchirilgan, oyat, mahalliy yilnoma, jild, shartnoma, xarita, dizayn, diagramma, nasabnoma, xat, qoʻlyozma, turli qoralama, turli nusxalar, yozishmalar, hujjat, telegramma, yozuv, gazeta va davriy nashrlar, oʻquv materiallari, varaqalar, guvohnoma va litsenziya, reklama materiallari, kundalik, eslatma va barcha turdagi oʻyma naqshlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Qogʻozlarga taxminan miloddan avvalgi 200 yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan oʻsimlik tolasidan va boshqa shunga oʻxshash materiallardan tayyorlangan har qanday qogʻoz turi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E. Qogʻoz banknotalar, asosan, taxminan milodiy 900 yildan 1949-yilgacha ishlab chiqarilgan xitoy tilida Jiaozi, Sianyin, Huizi, Baochao, Sianpiao, Yinpiao, Chaopiao va boshqalar deb talaffuz qilinadigan barcha turdagi qogʻoz valyutalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F. Pochta maʼmuriyati tomonidan pochta joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish uchun chop etiladigan va chiqarilgan pochta markalari/pochta mahsulotlari, asosan, taxminan milodiy 1878-yil va 1949-yil oraligʻidagi barcha turdagi shtamplar, muhrlangan konvertlar, otkritkalar, xat varaqlari, kontramarkalar, bosma plastinka va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Bronza:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Qurbonlik, marosimlar va hokazolar uchun ishlatiladigan sof mis, qalay-qoʻrgʻoshin qotishmasi va shunga oʻxshash boshqa qotishmalardan yasalgan marosim idishlari. Ular taxminan miloddan avvalgi 2100-yil va milodiy 1911-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan, asosan, Ding (pishirish idishi), Gui (pishirilgan oziq-ovqatlar uchun dumaloq savat), Li (katta sopol idish), Yan (pishirish uchun idish), Dou (oziq-ovqatlar saqlash idishi), Xu (pishirilgan oziq-ovqatlar uchun idish), Fu (don saqlash uchun kvadrat idish) va Dun (tariq idishi) kabi barcha turdagi ovqat idishlarini oʻz ichiga oladi; Gu (qadah), Juye (uch oyoqli sharob idishi), Jia (dumaloq ogʻiz va uch oyoqli sharob kosasi), Juye (vinoni isitish uchun idish), Gong (shoxdan yasalgan sharob idishi) kabi barcha turdagi ichimlik idishlari, Chji (ichimlik idishi), Zun (sharob idishi), You (turli xil shakldagi sharob idishi), qozon, He (uch yoki toʻrt oyoqli ichimlik idishi) va Yi (sharob idishi); lagan, oftoba, Jian (lavabo) va Fu (suvni soʻrish uchun tuproq) kabi barcha turdagi suv idishlari va har xil musiqa asboblari, masalan, qoʻngʻiroq, zang, qoʻngʻiroq, nogʻora, Chunyu (bronza musiqa asbobi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Sof mis, qalay-qoʻrgʻoshin qotishmasi va shunga oʻxshash boshqa qotishmalardan tayyorlangan qurollarga, asosan, taxminan miloddan avvalgi 3000-yil va milodiy 1911-yil oraligʻida yasalgan har xil turdagi xanjar, nayza, qilich, nayza, oʻq uchi, toʻp, arbalet, korslet va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Sof mis, qalay-qoʻrgʻoshin qotishmasi va boshqa shunga oʻxshash qotishmalardan tayyorlangan xoʻjalik asboblari/uskunalari, asosan, taxminan miloddan avvalgi 3000-yildan 1911-yilgacha boʻlgan davrdagi har xil belkurak, tesha, keski, ketmon, Bo (ketmonga oʻxshash), yuzani qoʻlda teshish asbobi, ilgak va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Sof mis, qalay-qoʻrgʻoshin qotishmasi va boshqa shunga oʻxshash qotishmalardan tayyorlangan kundalik idishlarga asosan miloddan avvalgi 3000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi chiroq, oyna, pechka, pech, shisha, qozon, qogʻoz, statsionar, kamar ilgagi, dazmol, ushlagich, gul idishi, bezak mebellari, jabduqlar, ogʻirliklar va oʻlchov asboblari (oʻlchagich, oʻlchov, tarozi, vazn, litr, chelak), arxitektura komponenti va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E. Sof mis, qalay-qoʻrgʻoshin qotishmasi va boshqa shunga oʻxshash qotishmalardan yasalgan haykallar asosan, taxminan miloddan avvalgi 2100-yildan milodiy 1949-yilgacha ishlab chiqarilgan maʼbud, figura, hayvon, oʻsimlik va boshqalarning barcha haykali/statuetkasini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F. Sof mis, qalay-qoʻrgʻoshin qotishmasi va boshqa shunga oʻxshash qotishmalardan yasalgan tangalar asosan, taxminan miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi kovri tanga, belkuraksimon tanga, pichoqsimon tanga, doiraviy tangalar, chumoli burunli pullar (yoki qiyshiq tangalar), vaznli tangalar, Tongbao tanga, Yuanbao tangasi, Guohao tangasi (mamlakat nomi yozilgan tanga), Nianxao tangasi (hukmronlik unvoni yozilgan tanga), Yasheng tangasi (baraka tangasi), Cianpai (pul plastinkasi), tanga qolipi, banknota bosma plastinkasi va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G. Sof mis, qalay-qoʻrgʻoshin qotishmasi va boshqa shunga oʻxshash qotishmalardan tayyorlangan tallilar/imperiya muhrlari, asosan, taxminan miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi yoʻlbars shaklli xatchoʻp, baliq shaklli talli, toshbaqa qobigʻi, peshlavha, kupon, imperator muhri, muhr, belgi va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Boshqa metallar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin va boshqa shunga oʻxshash qotishmalardan yasalgan asboblar/idishlarga asosan, taxminan miloddan avvalgi 800 yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan ketmon, bolta, belkurak, omoch, oʻroq, borona, arra, bolgʻa, yuzani qoʻlda teshish asbobi kabi barcha turdagi asbob va idishlar, igna, mix, ilgak va boshqalar, shuningdek, qozon, piyola, tovoq, oftoba, quti, shisha, choynak, qoshiq, peshlavha, taxta, tayoq, qoʻngʻiroq, chiroq kabi barcha turdagi idishlar/instrumentlar, minora, fumigat, qulf, aylanma gʻildirak, muhr, hayvonlar boshli applikatsiya, statsionar, xorolog, Ruyi-tayoq, tamaki saqlash idishi, oʻyinchoq, arava, jabduqlar, gul idishi, dekorativ mebel, astronomik almanax, ogʻirlik va oʻlchov asboblari, jabduqlar, emal mahsuloti, ishlab chiqarish asboblari, sanoat uskunalari, asbob-uskunalar, audio va video mahsulotlar va boshqa asbob-uskunalar hamda idishlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Oltin, kumush, temir va boshqa shunga oʻxshash qotishmalardan yasalgan qurollarga, asosan, taxminan miloddan avvalgi 800 yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan qilich, shamshir, nayza, oʻq, oʻq uchi, toʻp, mina, arbalet, korslet kabi qadimiy qurollarning barcha turlari hamda zamonaviy qurollarning barcha turlari, shu jumladan, qurol, bomba, tank, harbiy kema, samolyot, portlovchi va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Oltin, kumush va boshqa shunga oʻxshash qotishmalardan yasalgan ornament va bezaklarga taxminan miloddan avvalgi 800 yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi toj bezaklari, bosh kiyimlar, niqoblar, plastronlar, qoʻl bezaklari, bilak bezaklari, kamar bezaklari, kiyim aksessuarlari, qilich bezaklari, peshlavha bezaklari, jabduq bezaklari va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Oltin, kumush, temir, qalay, alyuminiy va boshqa qotishmalardan yasalgan haykallar, asosan, taxminan miloddan avvalgi 800 yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan maʼbud, figura, hayvon, oʻsimlik va boshqalarning haykallarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E. Oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, nikel va boshqa shunga oʻxshash metallar yoki qotishmalardan yasalgan tangalarga asosan, taxminan miloddan avvalgi 800 yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi oltin plastinka, oltin aralashma, oltin tanga, oltin quyma, kumush mato, kumush quyma, kumush aralashma, kumush tanga, kumush taqa, temir ogʻirlikdagi tanga, Tongbao temir tanga, qotishma tanga, esdalik tanga, shuningdek, stereotip, banknota bosma plastinka va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F. Oltin, kumush, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, alyuminiy va boshqa shunga oʻxshash metallardan yasalgan talli/muhrlarga taxminan miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi peshlavha, talli, kupon, qirollik muhri, muhr, koʻkrak nishoni va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Bambuk va yogʻoch mahsulotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Bambuk, yogʻoch, rotang, yadro, kalabash, sumak va boshqa shu kabi materiallardan yasalgan haykallarga, asosan, eramizdan avvalgi 5000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha ilohiy haykallar, figura, hayvon, Ruyi-tayoq, muhr, ish yuritish buyumlari (qalam, qalam ushlagich, qoʻltiqtayoq, qogʻoz saqlagich, choʻtka yuvish uskunasi), oʻymalar va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Huangxuali yogʻochi, padauk, venge, nanmu yogʻochi (fors sadrlari), qora yogʻoch, maun, lignumvitaye, kamfora, qayragʻoch, olxa va boshqa shunga oʻxshash yogʻochlardan yasalgan mebellar, asosan, taxminan miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi stol, kursi, suyanchiq, karavot, divan, sandiq, shkaf, choynak, quti, shkaf, kiyim javoni, shirma va ularning qismlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Bambuk, yogʻoch, kalabash, sumalak va shunga oʻxshash boshqa materiallardan tayyorlangan idishlar/apparatlarga asosan miloddan avvalgi 5000-yil va milodiy 1949-yil oraligʻidagi barcha turdagi piyola, koʻza, quti, shisha, likopcha, qozon, Dou (oziq-ovqatlar solingan idish), piyola, Zun (vino qadahi), abates, savat, oynali kiyinish qutisi, yelpigʻich, taroq, nozik tishli taroq, chiroq, lira, nay, vertikal bambuk nay, trubka, Se (25 torli gorizontal arfa), baraban, kamon, gʻilof, qalqon, korslet, yostiq, arava, qayiq, taxtiravon, ish yuritish buyumlari, muhr, shaxmat taxtasi, shaxmatchi, oʻyinchoq, qoʻgʻirchoq, niqob, chekish toʻplami, oʻlchov vositasi, ushlagich, “Guan” va “Guo” (ichki va tashqi tobutlar) va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Bambuk, yogʻoch, sumak va boshqa shunga oʻxshash materiallardan tayyorlangan arxitektura komponentlar va modellari, asosan, taxminan miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi eshik, deraza, tom toʻsin, ustun, plastinka, toʻr, karniz, qushsimon shakl, shift, panjara va turli arxitektura komponentlari va modellarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Teri, mato va har xil turdagi organik moddalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Teri, jun, shoyi, paxta, zigʻir va boshqa oʻsimlik tolalaridan tikilgan liboslar, sanʼat va hunarmandchilik buyumlari, asosan, miloddan avvalgi 5000-yil va milodiy 1966-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi poyabzal, shlyapa, kiyim-kechak, bezak, koʻrpa, bayroq, niqob, Tangka (Tibet rasm chizish sanʼati) va boshqa aksessuarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Oʻsimlik tolalari, teri va boshqa shunga oʻxshash materiallardan oʻrilgan va tikilgan idishlarga, asosan, taxminan miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi kosa, quti, sumka, bochka (chelak), soya qoʻgʻirchogʻi, oʻyinchoq, arava, jabduqlar, dastgohlar va boshqalar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Teri va boshqa shunga oʻxshash materiallardan yasalgan qurol va aksessuarlar asosan miloddan avvalgi 1600-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan barcha turdagi qalqon, himoya vositasi va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Kremniy, qoʻrgʻoshin, bariy va shunga oʻxshash boshqa materiallardan tayyorlangan shisha/shisha buyumlari, asosan, taxminan miloddan avvalgi 1100-yil va milodiy 1949-yil oraligʻida ishlab chiqarilgan quvur, munchoq, qisqich, kulon, halqa, peshtaxta, tasma plastinka, baldrik, shaxmat donalari, chekish toʻplami va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Suyak, tish va shox mahsulotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvon suyagi, fil suyagi, hoʻkiz shoxi, karkidon shoxi, shox, kalxat, mollyuska va shunga oʻxshash boshqa materiallardan tayyorlangan mahsulotlar, asosan, igna, naycha, halqa, nay, hushtak, pichoq, nayza, Si (belkurak shaklidagi qishloq xoʻjaligi asbobi), taxminan miloddan avvalgi 500 ming yil oldin va milodiy 1949-yil orasida ishlab chiqarilgan oʻroq, xanjar, tigʻ chiqargich, oʻq uchi, soch qisqichi, quti, kosa, muhr, ish yuritish buyumlari (qalam, qoʻltiqtayoq, qogʻoz va boshqalar), marka, tanga, bezak, bezak mebellari, shirma va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida aytib oʻtilgan madaniy yodgorliklarga qoʻshimcha ravishda, qonuniy yoki professional sabablarga koʻra, quyidagi Xitoy madaniy yodgorliklariga yuridik yoki sohaga doir asoslarga koʻra shartnomada belgilangan yoshning quyi chegarasi oʻrnatilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻgʻirlangan, yashirin qazilgan, noqonuniy ravishda sotilgan va Xitoy Xalq Respublikasi chegarasidan olib chiqib ketilgan Xitoy madaniy yodgorliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Har qanday koʻchmas madaniy meros obyektlari va yodgorliklari va ularning, devor rasmlari, oʻymakorlik, haykaltaroshlik va boshqa ajralmas tarkibiy qismlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston madaniy boyliklari toifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Xalqlar hayotidagi tarixiy voqealar, jamiyat va davlat rivojlanishi, fan va texnika tarixi bilan bogʻliq boʻlgan, shuningdek, atoqli shaxslar (davlat, siyosiy, jamoat arboblari, mutafakkirlar, fan, adabiyot, sanʼat arboblari) hayoti va faoliyatiga taalluqli ashyolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Tarixiy, badiiy, ilmiy va boshqa madaniy qimmatga ega boʻlgan qurollarning har xil turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C. Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan badiiy boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
D. Arxeologik qazilmalar yoki arxeologik kashfiyotlar va topilmalar natijasida olingan ashyolar va ularning parchalari, tuproq namunalari, arxeologik, geologik va boshqa namunalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E. Har qanday asosda va har qanday materiallardan butunlay qoʻlda ishlangan rasmlar va suratlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F. Har qanday materiallardan ishlangan va haykaltaroshlik asarlari, shu jumladan, boʻrtma rasmlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
G. Har qanday materiallardan ishlangan asl badiiy kompozitsiyalar va montajlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
H. Sigʻinish maqsadidagi badiiy bezatilgan ashyolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Etnografik obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
J. Oʻyma naqshlar, estamplar, litografiyalar, ksilografiyalar, grafikaning boshqa turlari va ularning original bosma shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K. Amaliy-dekorativ sanʼat asarlari (shisha, loy, yogʻoch, metall, suyak, mato va boshqa materiallardan ishlangan badiiy buyumlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
L. Anʼanaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
M. Arxitektura, tarix, badiiy yodgorliklar va monumental sanʼat yodgorliklarining tarkibiy qismlari va parchalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N. Alohida yoki kolleksiyadagi qadimiy kitoblar, shuningdek, tarixiy, ilmiy-badiiy, adabiy ahamiyatga ega boʻlgan matbaa asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O. Noyob qoʻlyozmalar va hujjatli yodgorliklar, arxiv hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P. Audiovizual asarlar, fonogrammalar va fotomateriallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q. Musiqa asboblari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R. Filateliya, numizmatika, faleristika, bonistika, sfragistika ashyolari va boshqa kolleksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S. Tangalar, ordenlar, medallar, muhrlar, pochta otkritkalari (konvertlar) va kolleksiyalashning boshqa ashyolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T. Noyob kolleksiyalar va flora hamda fauna namunalari, ilm-fanning mineralogiya, paleontologiya, anatomiya kabi tarmoqlari uchun ahamiyatli boʻlgan ashyolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
U. Maishiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan maishiy va ilmiy priborlar, asboblar (soat, barometr, tarozi, durbin, foto-, kinoapparatlari, tikuv mashinalari va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Boshqa koʻchar buyumlar, shu jumladan, tarixiy, ilmiy-badiiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega boʻlgan, shuningdek, davlat tomonidan tarixiy va madaniy yodgorlik sifatida muhofazaga olingan nusxalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan yuqorida keltirilgan madaniy boyliklar Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqib ketilmaydi.