08.11.2024 yildagi 747-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti hamda Global ekologik jamgʻarma ishtirokida “Oʻzbekistonning qurgʻoqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va oʻrmonlarni barqaror boshqarish” loyixasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global ekologik jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda — GEJ) tomonidan “Oʻzbekistonning qurgʻoqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va oʻrmonlarni barqaror boshqarish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 5 yil muddatga grant ajratilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Loyihani amalga oshirish uchun umumiy ijrochi va texnik yordam koʻrsatuvchi etib belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish davrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (keyingi oʻrinlarda — FAO) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi masʼul ijro etuvchi organ sifatida faoliyat koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha Buxoro va Navoiy viloyatlarida amalga oshirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan Loyihani amalga oshirish yuzasidan kelishuvni imzolasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Loyihani amalga oshirish uchun shartnoma asosida jalb qilinadigan mahalliy maslahatchi-ekspertlarning soni va ularga toʻlanadigan ish haqi miqdorini FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Loyihani amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihani amalga oshirish doirasida bajarilgan ishlar holati va oʻzlashtirilgan mablagʻlar yuzasidan hisobotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bilan bogʻliq tadbirlar masʼul vazirliklar va FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasidagi kelishuvlar doirasida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish uchun GEJning granti FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi orqali Loyihaning yillik budjetida tasdiqlangan miqdorda va muddatlarda tegishli vazirlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan hisobvaraqlarga oʻtkazib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha doirasida hisobot yilida GEJning oʻzlashtirilmagan granti FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda keyingi yilga toʻliq oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GEJ granti hisobidan xaridlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi. Bunda respublika hududidan tashqaridagi xaridlar FAOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GEJ granti hisobidan xarid qilingan asbob-uskunalar, qurilma va jihozlar Loyihani amalga oshirish muddati tugaganidan soʻng mahalliy hamkor tashkilotlarga bepul oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga Loyiha doirasidagi tadbirlarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini, xaridlarning ochiq va shaffofligini taʼminlash, shuningdek, ularning ustidan doimiy nazorat oʻrnatish maqsadida “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash hamda idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash va ishchi guruhlarni tuzish vakolatlari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qarorning ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 8-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
747-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/747/0906-son)