1-ILOVA
T/r | Idoralararo kollegial organ nomi | Idoralararo kollegial organning ishchi organi |
I. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
1. | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustuvor gʻoyalarini roʻyobga chiqarish va normalarini hayotga tatbiq etish boʻyicha davlat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoni) | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari |
2. | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish boʻyicha davlat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoni) | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati |
3. | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qarori) | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi |
4. | Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq taʼlimi tizimini isloh qilish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi F-22-son farmoyishi) | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
5. | Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-dekabrdagi “Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 769-son qarori) | Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
6. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining Oʻzbekiston tomoni (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xorijiy investorlar kengashini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4519-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
7. | Inflyatsiya darajasini pasaytirish va narxlar barqarorligini taʼminlash borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5877-son Farmoni) | Markaziy bank |
8. | Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-noyabrdagi “Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5876-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi |
9. | Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-90-son Farmoni) | Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi |
10. | Respublikada uzumchilikni rivojlantirish kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-avgustdagi “2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-260-son qarori) | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
11. | Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-216-son qarori) | Toshkent davlat agrar universiteti |
12. | Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarori) | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
II. Vazirlar Mahkamasi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
13. | Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-5466-son Farmoni) | Yoshlar ishlari agentligi |
14. | Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etishni muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotish bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4634-son qarori) | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
15. | Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 300-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
16. | “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoni) | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
17. | 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti |
18. | “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik taʼminlash departamenti |
19. | Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi “Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2960-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati |
20. | Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3178-son qarori) | Madaniyat vazirligi |
21. | Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvolini oʻrganishning yangi mexanizmlarini joriy etish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3182-son qarori) | 1. Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati 2. Vazirlar Mahkamasining Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti |
22. | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3219-son qarori) | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi |
23. | Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Hukumat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-sentabrdagi “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3253-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati |
24. | Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3391-son qarori) | Madaniyat vazirligi |
25. | Elektr energetikasi tarmogʻini isloh qilish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3981-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati masalalari boʻlimi |
26. | Kon-metallurgiya tarmogʻini isloh qilish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi “Kon-metallurgiya tarmogʻi korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4124-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati masalalari boʻlimi |
27. | Prezident maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4199-son qarori) | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
28. | Oʻzbekiston Respublikasining neft-gaz tarmogʻini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4388-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati masalalari boʻlimi |
29. | Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4422-son qarori) | Energetika vazirligi |
30. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4891-son qarori) | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
31. | Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha maxsus komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyundagi “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5159-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati masalalari boʻlimi |
32. | Davlat xaridlari ochiq va shaffof amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi “Davlat xaridlari shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5171-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
33. | “Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi “Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5180-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti |
34. | Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joylar bilan taʼminlashni tashkil etish, uy joylarning adolatli taqsimlanishi va oʻz vaqtida ajratilishini nazorat qilish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5216-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi | |
36. | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha Respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi “2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-98-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
37. | Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yoʻllarida inson xavfsizligini ishonchli taʼminlash va oʻlim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-190-son qarori) | Ichki ishlar vazirligi |
38. | Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-279-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi |
2026-yil Milan va Kortina-dʼAmpetsso (Italiya) shaharlarida boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-iyuldagi “2026-yil Milan va Kortina-dʼAmpetsso (Italiya) shaharlarida boʻlib oʻtadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-303-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi | |
40. | Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchishi va yer koʻchkisi hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-426-son qarori) | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sogʻlomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-427-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti | |
42. | Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-son qarori) | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmogʻini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi | |
Oʻzbekistonda madaniy boyliklar noqonuniy aylanmasining oldini olish, xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarni qaytarish hamda ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi “Oʻzbekistonda madaniy boyliklar noqonuniy aylanmasining oldini olish, xorijda saqlanayotgan madaniy boyliklarni qaytarish hamda ushbu sohadagi xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 397-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi | |
Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi F-5537-son farmoyishi) | Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti | |
46. | Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda maʼlumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 293-son qarori) | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
47. | Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi |
48. | Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha respublika komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi “Muddatli harbiy xizmatni va safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtagan fuqarolarni ishga joylashtirish boʻyicha Respublika komissiyasini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimliklari huzurida tegishli komissiyalarni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 339-son qarori) | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
49. | Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-apreldagi “Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan sanʼatkorlarni hamda oʻzbek sanʼatini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 271-son qarori) | Madaniyat vazirligi |
50. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 589-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti |
Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi PF-5106-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti | |
52. | Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6199-son Farmoni) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi |
53. | “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi maʼmuriy kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi “Zomin” turistik-rekreatsion zonasini va xalqaro umummavsumiy kurortni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6201-son Farmoni) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi |
54. | Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 22-oktabrdagi “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2053-son qarori) | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
55. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirish boʻyicha vasiylik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3080-son qarori) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi |
Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” fondining Vasiylik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3184-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi | |
57. | Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-avgustdagi “Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3190-son qarori) | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
58. | Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4513-son qarori) | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
59. | “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi maʼmuriy kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4755-son qarori) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi |
60. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biologik xavfsizlik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4899-son qarori) | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-270-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi | |
62. | Yangi Toshkent shahrini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-232-son qarori) | Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi |
63. | “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish ishlarini muvofiqlashtiruvchi kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-233-son qarori) | “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish direksiyasi |
64. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti Respublika kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 3-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yosh isteʼdodlar uchun “Nihol” mukofoti tanlovini tashkillashtirish ishlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 295-son qarori) | Madaniyat vazirligi |
65. | “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlar markazi (XIM) maʼmuriy kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyuldagi “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 559-son qarori) | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” XIM hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi |
66. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalq salomatligi milliy kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 409-son qarori) | Sport vazirligi |
Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-noyabrdagi “Fan va texnologiyalar boʻyicha respublika kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 953-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻlimi | |
68. | Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-129-son Farmoni) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
69. | Ilmiy klasterni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-fevraldagi “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4992-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish hamda tahliliy materiallarni tayyorlash departamenti |
70. | Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha respublika ishchi guruhi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 61-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
71. | Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-349-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Ekologiya, iqlim oʻzgarishi va turizm masalalari boʻlimi |
72. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya (Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari boʻyicha maxsus komissiya tashkil etish toʻgʻrisida”gi 57-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
73. | Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoʻlovchi tashuvchi avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi respublika komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-yanvardagi “Yoʻlovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 42-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
74. | Subsidiyalanadigan avia va temir yoʻl qatnovi yoʻnalishlarini, avia chiptalar va mehmonxona xizmatlarini subsidiyalash miqdorini belgilash boʻyicha maxsus komissiya (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 100-son qarori) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi |
75. | Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha Hukumat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-iyundagi “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5066-son Farmoni) | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
76. | Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga chidamlilikni oshirish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtiruvchi idoralararo kengash (Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi “Iqlim oʻzgarishi va tabiiy ofatlar xavfiga nisbatan milliy harakatlar rejasini ishlab chiqish hamda samarali amalga oshirishni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 362-son qarori) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
77. | “Oʻzbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori boʻylab avtomagistral yoʻllari va yoʻlboʻyi infratuzilmasi holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5781-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
78. | Temir yoʻl transporti sohasida islohotlarni muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-329-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6179-son Farmoni) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
80. | Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish boʻyicha maxsus komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6098-son Farmoni) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
81. | 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 83-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
82. | Oʻzbekiston Respublikasining suveren kredit reytingini olish, suveren va korporativ (bank) obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish idoralararo ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3877-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
83. | Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi “Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-366-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasidan mablagʻ ajratish boʻyicha respublika kuzatuv kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 1047-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
85. | Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
86. | Davlat kadastrlarini shakllantirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4819-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi |
87. | Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-31-son qarori) | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
88. | Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʻrgatish va ularning mehnat faolligini oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Kambagʻal va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga oʻqitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4804-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot, sanoat, moliya-bank, soliq, davlat aktivlari, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari kotibiyati |
89. | Bozor tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va sotilishining yangi tartibini joriy etish boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmoni) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
90. | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi ijtimoiy davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoni) | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
91. | Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi PF-101-son Farmoni) | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
92. | Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6269-son Farmoni) | Adliya vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
93. | Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi 75-sessiyasida “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish boʻyicha idoralararo komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
94. | Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-avgustdagi “Respublikada eksport va investitsiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6042-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
95. | Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi “Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 989-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati masalalari boʻlimi |
96. | Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini rivojlantirish Loyiha ofisining boshqaruv qoʻmitasi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-avgustdagi “Geologiya, kon-metallurgiya va misni qayta ishlash sanoatini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 498-son qarori) | 1. Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati 2. Vazirlar Mahkamasining Energetika, geologiya va togʻ-kon sanoati masalalari boʻlimi |
97. | Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ajratish masalalarini koʻrib chiqish komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-dekabrdagi “Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1045-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
98. | Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 1040-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
99. | Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarini xususiy sherikka berish boʻyicha davlat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarori) | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
100. | Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-181-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
101. | Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi “Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 205-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
102. | Jizzax viloyatida zamonaviy agroklasterni tashkil etish loyihasini amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha ishchi komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-noyabrdagi “Jizzax viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4009-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
103. | Qishloq xoʻjaligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-avgustdagi “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4421-son qarori) | Toshkent davlat agrar universiteti |
104. | “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4803-son qarori) | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
105. | Grantlar va uzoq muddatli imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, budjet, bazaviy infratuzilma va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun tashqi yordam mablagʻlarini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4691-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
106. | Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
107. | “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” XUKni qurish loyihasini jadal amalga oshirish va ishga tushirish boʻyicha boshqaruv kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi “Togʻli hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 559-son qarori) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi |
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-55-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti | |
109. | “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi, “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi va “Sergeli industrial parki” kichik sanoat zonasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Surxondaryo viloyati va Toshkent shahrida maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6109-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
110. | Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5853-son Farmoni) | Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
111. | Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 1-iyundagi “Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va uni har yili oʻtkazib turish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2539-son qarori) | Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksport, savdo, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari kotibiyati |
112. | Tashqi begʻaraz koʻmak (grantlar)ni jalb etish masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktabrdagi “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5848-son Farmoni) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
113. | Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyati uchun davlat granti ajratish boʻyicha respublika komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi “Mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 650-son qarori) | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
114. | Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-dekabrdagi “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasining yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 695-son qarori) | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6275-son Farmoni) | Vazirlar Mahkamasining Oila va xotin-qizlar masalalari kotibiyati | |
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
116. | Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-sentabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5251-son qarori) | Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
117. | Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6013-son Farmoni) | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
118. | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi suveren davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoni) | Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti |
119. | Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 4-martdagi “Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-311/1-IV-son qarori) | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitasi raisi rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
120. | “Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-340-IV-son qarori) | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
121. | “Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi KQ-340-IV-son qarori) | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi |
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi | ||
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
122. | Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5505-son Farmoni) | Adliya vazirligi |
123. | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi demokratik davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoni) | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi |
V. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
124. | Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-sentabrdagi “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5542-son Farmoni) | Bosh prokuratura |
125. | Yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6243-son Farmoni) | Bosh prokuratura |
126. | Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarori) | Bosh prokuratura |
127. | Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish boʻyicha respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6118-son Farmoni) | Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi |
128. | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabrdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha idoralararo komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3947-son qarori) | Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
129. | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi huquqiy davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoni) | Bosh prokuratura |
130. | Alkogol va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda tayyorlash va ularning aylanmasiga qarshi kurashish kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-son qarori) | Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
VI. Davlat xavfsizlik xizmati raisi rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
131. | Oʻzbekiston Respublikasi kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha idoralararo kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish davlat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6007-son Farmoni) | Davlat xavfsizlik xizmati |
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
132. | 2023 — 2025-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va istiqbolli loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha kichik ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-129-son Farmoni) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
VIII. Vazirliklar va idoralar | ||
Iqtisodiyot va moliya vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
133. | Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga turtki beradigan loyihalar hamda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlashga davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishining maqsadga muvofiqligini aniqlash boʻyicha maxsus komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
134. | Orolboʻyi mintaqasida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning ichki manbalarini shakllantirish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
135. | Orolboʻyi mintaqasida ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholini qoʻllab-quvvatlashning innovatsion texnologiyalari hamda mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
136. | Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni ichki bozorga tizimli yetkazib berish hamda narxlarni doimiy monitoring qilish va tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi “Ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 135-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
137. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-apreldagi “Elektr energetika tarmogʻida tarif siyosatini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 310-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
138. | Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-maydagi “Hududlarda maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5125-son qarori) | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri (vazir oʻrinbosari) rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
139. | Yengil sanoat mahsulotlari savdosi boʻyicha koʻrgazma-yarmarka tashkiliy qoʻmitasi (Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-yanvardagi “Yengil sanoat mahsulotlari yarmarka savdosini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 25-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
140. | “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi Maxsus rezolyutsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
141. | Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4302-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
142. | Tarif va notarif tartibga solish kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4135-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
143. | Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
144. | Orolboʻyi mintaqasida iqtisodiy va moliyaviy innovatsion mexanizmlardan keng foydalanish, iqtisodiyot tarmoqlarida resurslarni tejovchi, “yashil” va sirkulyar (chiqindisiz, regenerativ va samarali) zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq qilish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarori) | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
145. | “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish va faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari, shuningdek uran zaxiralarini, ularni qazib olishni va qayta ishlashni koʻpaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarning bajarilishini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi “2022 — 2030-yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-319-son qarori) | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
146. | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-116-son Farmoni) | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
147. | Akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4910-son qarori) | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
148. | Orolboʻyi mintaqasida siyosiy-huquqiy innovatsiyalar orqali tarkibiy va transformatsion oʻzgarishlar uchun qulay muhit yaratish hamda institutsional bazani rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarori) | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi |
149. | Orolboʻyi mintaqasida ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, intellektual mulk obyektlarining yaratilishi huquqiy himoyasini taʼminlash hamda ilmiy-innovatsion ishlanmalarni joriy qilishda mahalliy va xalqaro hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarori) | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi |
150. | Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kuzatuv kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilm-fan sohasidagi davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5047-son qarori) | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri (vazir oʻrinbosari) rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
151. | Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning taʼlim olishi va kasb egallashiga koʻmaklashishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruh (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 638-son qarori) | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
152. | Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tizimdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun markazlashtirilgan holda jihozlarni xarid qilish boʻyicha komissiya (Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 802-son qarori) | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi |
Transport vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
153. | Oʻzbekistonning logistika jozibadorligini tubdan yaxshilash, shuningdek, mahalliy aeroportlarda parvozlarga xorijiy aviakompaniyalarni jalb etish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5611-son Farmoni) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi |
154. | Transport-logistika masalalarini tezkor koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6165-son Farmoni) | Transport vazirligi |
155. | Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiya (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi “Yuqori tezlikdagi temir yoʻl uchastkalarida harakat xavfsizligini taʼminlashga oid chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 387-son qarori) | Transport vazirligi |
156. | Oʻzbekiston Respublikasi tranzit salohiyatini rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-94-son Farmoni) | Transport vazirligi |
Sport vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
157. | Yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va polo sport turini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Oʻzbekistonda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni 2025-yilgacha rivojlantirish davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-5211-son qarori) | Sport vazirligi |
158. | Oʻzbekistonda shaxmatni jadal rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4954-son qarori) | Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi |
Sogʻliqni saqlash vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
159. | Sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5590-son Farmoni) | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
160. | Tez tibbiy yordam xizmatini isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-283-son qarori) | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
161. | Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini boshqarish kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-apreldagi “Onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 193-son qarori) | Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Ichki ishlar vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
162. | Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2833-son qarori) | Ichki ishlar vazirligi |
Mudofaa vazirligi | ||
Mudofaa vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
163. | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika idoralararo komissiya (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3898-son qarori) | Mudofaa vazirligi |
164. | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish vazifalarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-maʼmuriy guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmoni) | Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi |
Mudofaa vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlarining qoʻmondoni rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
165. | Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati muvofiqlashtiruvchi kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 3-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarori) | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
166. | Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha respublika uch tomonlama komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi “Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyalar toʻgʻrisida”gi 553-son qarori) | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
Madaniyat vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organlar | ||
167. | Respublika Baxshichilik sanʼati markazi huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Baxshichilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4320-son qarori) | Madaniyat vazirligi |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
168. | Orolboʻyi mintaqasida ekologik barqarorlikni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni raqamlashtirish va innovatsion yondashuvlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyuldagi “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021-yil 18-maydagi “Orolboʻyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi maxsus rezolyutsiyasini amalga oshirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-5202-son qarori) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi |
Adliya vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
169. | Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi dunyoviy davlat prinsipini izchil amalga oshirish boʻyicha ekspertlik kengashi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-67-son Farmoni) | Adliya vazirligi |
Raqamli texnologiyalar vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
170. | Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish boʻyicha idoralararo kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-423-son qarori) | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
171. | Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining maʼmuriy kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-dekabrdagi “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 965-son qarori) | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
Energetika vaziri rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
172. | Respublikaning issiqlik taʼminoti tizimini isloh qilishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi “Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4542-son qarori) | Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi raisi rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
173. | Ziyorat turizmini rivojlantirishni muvofiqlashtirish kengashi (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 100-son qarori) | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi raisi rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
174. | YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi (Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-noyabrdagi “YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi 957-son qarori) | YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasining kotibiyati |
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi rahbarligidagi idoralararo kollegial organ | ||
175. | Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-309-son qarori) | “Oʻzbekneftgaz” AJ |
2-ILOVA
T/r | Kollegial organ nomi | Kollegial organni tashkil etishga asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjat |
1. | 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Milliy komissiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmoni. |
2. | Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya. | |
3. | Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya. | |
4. | Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya. | |
5. | Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya. | |
6. | Xavfsizlik, diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash hamda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya. | |
7. | Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5005-son Farmoni. |
8. | Soliq qonunchiligi va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha ishchi komissiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5116-son Farmoni. |
9. | Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha komissiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5185-son Farmoni. |
10. | 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha komissiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentabrdagi “2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5544-son Farmoni. |
11. | 2019 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha Iqtisodiy kengash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-yanvardagi “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5614-son Farmoni. |
12. | Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi bajarilishini muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 20-noyabrdagi “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2435-son qarori. |
13. | 2017 — 2021-yillarda shaharlar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi bajarilishining doimiy monitoringi olib borilishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati koʻrsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2724-son qarori. |
14. | Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish boʻyicha Respublika komissiyasi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi “2017 — 2021-yillarda Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2731-son qarori. |
15. | 2020-yil Tokio (Yaponiya) shahrida oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi “Oʻzbekiston sportchilarini 2020-yil Tokio (Yaponiya) shahrida boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-2821-son qarori. |
16. | 2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017 — 2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-2853-son qarori. |
17. | Uyushmani tashkil etish bilan bogʻliq tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va uning kelgusi faoliyatini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi “Respublikamizda asalarichilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3327-son qarori. |
18. | 2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash boʻyicha kompleks dastur bajarilishining doimiy monitoringini taʼminlashga oid ishchi guruh. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-dekabrdagi “2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yoʻnalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3422-son qarori. |
19. | Uzumning texnik navlarini yetishtirish boʻyicha mavjud uzumzorlar inventarizatsiyasini oʻtkazish va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlash boʻyicha maxsus komissiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-fevraldagi “Vinochilik sohasini va alkogolli mahsulotlarni realizatsiya qilishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3573-son qarori. |
20. | Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruh. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida limonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3586-son qarori. |
21. | Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi va Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish komissiyasi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-oktabrdagi “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3982-son qarori. |
22. | Madaniyat obyektlari va muassasalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish boʻyicha ishchi guruh. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qarori. |
23. | Tashqi iqtisodiy faoliyat jarayonlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-apreldagi “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4297-son qarori. |
24. | 2019 — 2021-yillarda respublika hududlarida yengil konstruksiyali qurilish materiallaridan quriladigan yoki boʻsh turgan bino va inshootlar negizida tashkil etiladigan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan majmualardagi loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama koʻmaklashish boʻyicha ishchi guruhi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-maydagi “Respublika hududlarida tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4341-son qarori. |
25. | Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha ishchi guruh. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4709-son qarori. |
26. | 2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish boʻyicha respublika ishchi guruhi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-avgustdagi “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4798-son qarori. |
27. | 2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 9-martdagi “2015 — 2019-yillarda Guliston shahrida drenaj tizimini yanada takomillashtirish, meliorativ holatini yaxshilash va yer osti suv sathini kamaytirish, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi F-4421-son farmoyishi. |
28. | Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflarni tanqidiy oʻrganish va tayyorlash boʻyicha ishchi komissiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi “Moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tanqidiy oʻrganilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi F-5182-son farmoyishi. |
29. | 2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish dasturi parametrlari bajarilishini taʼminlash yuzasidan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika ishchi guruhi. | Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 12-dekabrdagi “2017 — 2019-yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 400-son qarori. |
30. | Respublika aholisi va budjet tashkilotlarini koʻmir mahsulotlari bilan taʼminlash tadbirlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh. | Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 30-dekabrdagi “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga koʻmir mahsulotlari yetkazib berish mexanizmini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 422-son qarori. |
31. | 2017 — 2021-yillarda Toshkent shahrining yoʻlovchi tashish transporti tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha dastur va chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruhi | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-martdagi “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 129-son qarori |
32. | Suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlanishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi “Ekoturizmni rivojlantirish va suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari doirasida yer uchastkalari ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 978-son qarori. |
33. | “Shovot” va “Gʻovuk koʻl” kichik turizm zonalarini tashkil etish va rivojlantirish loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishiga koʻmaklashuvchi respublika ishchi guruhi. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-fevraldagi “2019-2020-yillarda Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 119-son qarori. |
34. | 2018 — 2027-yillarda muzeylar faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-fevraldagi 119-F-son farmoyishi. |
35. | 2018 — 2022-yillarda respublika teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari dasturi loyihasini ishlab chiqish boʻyicha respublika komissiyasi. | Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-apreldagi 464-F-son farmoyishi. |
36. | Madaniyat va aholi dam olish markazlarini oʻrganish va ularning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha respublika ishchi guruhi. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 469-F-son farmoyishi. |