Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 15.01.2004 yildagi 24-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 06.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, spirt, alkogolli mahsulotlar va aksiz soligʻi solinadigan tovarlarning boshqa turlarini ishlab chiqarish va sotishni tartibga solish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan jiddiy nuqsonlar va kamchiliklar mavjud. Oʻtkazilgan tekshirishlar spirt, alkogolli mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish, ularning noqonuniy aylanishi holatlariga barham berilmaganligini koʻrsatmoqda. Ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan mahsulotning sifati belgilangan texnik shartlar va standartlarga muvofiq emas. Alkogolli mahsulotlar va aksiz soligʻi solinadigan boshqa mahsulotlar savdo qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan holda sotilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar faoliyati ustidan zarur nazoratni taʼminlamayapti, buning natijasida hisobga olinmagan mahsulot ishlab chiqarish va sotishning, budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga mablagʻlarning tegishli ravishda toʻliq tushmasligining koʻplab holatlari aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spirt va alkogolli mahsulotlarning respublikaga kontrabanda yoʻli bilan olib kelinishi va sotilishiga barham berish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan nihoyatda qoniqarsiz ish olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bularning barchasi davlatning manfaatlariga sezilarli iqtisodiy zarar yetkazmoqda, kishilarning salomatligini xavf ostiga qoʻymoqda, isteʼmolchilarning huquqlarini kamsitmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilarning huquqlari himoya qilinishini kuchaytirish, alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, sifatsiz va kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan alkogolli mahsulotlar sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi uchun nazoratni kuchaytirish, budjetga daromadlar toʻliq tushushini taʼminlash va oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliya vaziri (Nurmurodov), Davlat soliq qoʻmitasi raisi (Sayfiddinov), Davlat bojxona qoʻmitasi raisi (Parpiyev), “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi raisiga (Ayupov) spirt va alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, kontrabanda yoʻli bilan olib kelinishi, sifatsiz mahsulot sotilishiga yoʻl qoʻyilmasligi, alkogolli mahsulotlar aylanishidan soliq toʻlovlari toʻliq va oʻz vaqtida tushishi uchun shaxsan javobgar ekanliklari qatʼiy koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi, sotilishi va aylanishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlash, birinchi navbatda, bunga bevosita aloqador boʻlgan barcha tuzilmalarning javobgarligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar, bunda koʻrsatib oʻtilgan mahsulot davlat monopoliyasi obyekti ekanligi nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 391-modda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagi tartib belgilansin, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda yangi kalendar yilga Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda joriy yilning 1-noyabridan kechikmay etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish balansini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini huquqi uchun arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berishda Vazirlar Mahkamasining koʻrsatib oʻtilgan Komissiyasi etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning har yili tasdiqlanadigan balansi parametrlariga qatʼiy amal qilishga majburdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir turiga, ularni ishlab chiqarishning aniq hajmi koʻrsatilgan holda alohida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda, shuningdek etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish darajasi litsenziyada koʻrsatilgan hajmlarda taʼminlanmaganda, uch oy va undan koʻp oy mobaynida budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlar mavjud boʻlganda, sifatsiz spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarilishi va sotilishi aniqlanganda litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 391-modda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi 2004-yil 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqsin va mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni qayta rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, 2004-yil 1-martgacha litsenziyalarni qayta rasmiylashtirmagan korxonalarning ilgari berilgan litsenziyalari bekor qilinadi hamda ular etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti spirt va alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi, kontrabanda yoʻli bilan olib kelinishi va sotilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsinlar hamda ularni aniqlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsinlar. Amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyuldagi 130-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 250-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzstandart” agentligi tegishli idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda respublikada yetishtirilayotgan bugʻdoyning navlari va klasslaridan kelib chiqib xom ashyo sarfining va etil spirti chiqishining yagona normalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 391-modda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzstandart” agentligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Oʻzspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi ikki hafta muddatda etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar pasporti shaklini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Hukumat qarorlariga mazkur qarorga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 15-yanvardagi 24-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Hukumatning oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 14-avgustdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 28-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat nazoratini mustahkamlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 5-yanvardagi 2-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 1-son, 2-modda) 1-4-bandlari, shuningdek qarorga 1, 2 va 5-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat komissiyalarini tashkil etish masalalari boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida” 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son qaroriga 1-ilova 16-bandining uchinchi—yettinchi xatboshi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tashkil etilgan komissiyalar va kengashlar tarkibini tasdiqlash haqida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 9-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qaroriga ilovaning 11-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 11-bandning oʻninchi xatboshidagi “spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishga berilgan litsenziyalarni bekor qilish” soʻzlari “etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizom quyidagi mazmundagi 14-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasining etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi. Komissiya yoki ishchi guruh qaroriga koʻra Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi inspektorlari litsenziya talablari va shartlariga litsenziatlar tomonidan rioya etilishini tekshirishga jalb qilinishi mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 30-modda; 2005-y., 52-son, 391-modda; 2006-y., 27-son, 250-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)