Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Yaylov yerlaridan samarali foydalanish, ularda ozuqabop ekinlarni yetishtirish hamda pillachilik sohasini rivojlantirish maqsadida yangi tutzorlarni barpo etish, shuningdek sohada klaster tizimi asosida ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonovning javobi haqida
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Yaylov yerlaridan samarali foydalanish, ularda ozuqabop ekinlarni yetishtirish hamda pillachilik sohasini rivojlantirish maqsadida yangi tutzorlarni barpo etish, shuningdek sohada klaster tizimi asosida ish oʻrinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abduraxmonov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-oktabr,
4969-IV-son