Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
QL-1227 va QL-1239-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini birlashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi oʻqishda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1227-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini hamda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 9-moddalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1239-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida” degan yangi nom bilan bitta qonun loyihasiga birlashtirilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-oktabr,
4967-IV-son