Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1230-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1230-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-oktabr,
4953-IV-son