Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1230-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1230-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 24-sentabrda kiritilgan “Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1230-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-oktabr,
4909-IV-son