Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1229-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1229-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari X. Gapporov, Sh. Abduxalimov, Q. Joʻrayev, M. Xodjayeva va I. Xushvaqtov tomonidan 2024-yil 20-sentabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga hayvonot va oʻsimlik dunyosining muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1229-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-oktabr,
4907-IV-son