Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi QL-1217-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oziq-ovqat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi QL-1217-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-oktabr,
4995-IV-son