Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida”gi QL-1200-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Ekologik ekspertiza va atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisida”)
(“Ekologik ekspertiza va atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ekologik ekspertiza va atrof-muhitga taʼsirni baholash toʻgʻrisida”gi QL-1200-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga taʼsirni baholash va strategik ekologik baholash toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-oktabr,
4989-IV-son