Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi QL-1207-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
(“Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”)
(“Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi QL-1207-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-oktabr,
4991-IV-son