24.10.2024 yildagi 695-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.11.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi muammolarini hal qilishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, joylarda aholi muammolarini hal qilishning samarali mexanizmini yoʻlga qoʻyish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli Toshkent” tajribasini bosqichma-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda aholi muammolarini hal qilishga qaratilgan “Xalq nazorati” platformasini (keyingi oʻrinlarda — platforma) ishga tushirish, shuningdek, platforma orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlari hamda ularga masʼul boʻlgan vazirlik va idoralar, shu jumladan, ularni nazoratdan yechishga vakolatli idorani belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda 2025-yil 1-apreldan boshlab platforma orqali quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tizim joriy etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, suv, kanalizatsiya, isitish tizimi, elektr va boshqa muhandislik taʼminoti, transport va yoʻl, shuningdek, hudud infratuzilmasida mavjud muammolar hamda aholini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan real vaqt rejimida xabar berish imkoniyati yaratiladi, bunda kelib tushgan xabarlar tegishli masʼul idoralarga yoʻnaltiriladi hamda ular tomonidan koʻrib chiqiladi va hal etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan xabarlarni masʼul idoralar tomonidan koʻrib chiqish va hal etish jarayonining har bir bosqichida xabar beruvchilarga kuzatib borish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi muammolarini hal qilishda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda muammoli masalalarni aniqlash va hal etish boʻyicha vakolatli organlarning aholi bilan samarali hamkorligi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan xabarlar aholining roziligi asosida nazoratdan yechiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi muammolarini hal qilishda davlat organlari va tashkilotlarining reytingi yuritiladi hamda reyting natijalari jamoatchilikka eʼlon qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Platformaga yuborilgan xabarlarni vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish va hal etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Platforma faoliyatini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, aholi tomonidan platformaga yuborilgan xabarlarni koʻrib chiqish va hal etish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda platformaning ishga tushirilishi, u orqali kelib tushadigan xabarlar vakolatli organlar tomonidan belgilangan muddatlarda koʻrib chiqilishi va ijrosi taʼminlanishi ustidan nazorat yuritish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarlarni qabul qilish va koʻrib chiqish uchun vakolatli organlarga yoʻnaltirish hamda ushbu xabarlar hal etilishi yuzasidan tahliliy monitoringni yuritish uchun platforma operatori Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Raqamli departament);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platformaga ulanish, u orqali yoʻnaltirilgan xabarlarni koʻrib chiqish va belgilangan muddatlarda ijrosini taʼminlash hamda natijasi yuzasidan maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, platformada oʻzlariga biriktirilgan shaxsiy sahifalarni doimiy ishchi holatda yuritish uchun — belgilangan vakolatli organlar masʼul va javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Platformaga ulanadigan vakolatli organlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar rahbarlari 2025-yil 1-martga qadar vakolatli organlarni hamda ularning tuman (shahar) boʻlinmalarini platformaga ulash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Xalq qabulxonalariga platformadan “kuzatuvchi” (maʼlumotlarni tahrirlash huquqisiz) maqomi berilgan holda foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori bilan Raqamli departamentga platformani joriy etish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish huquqi berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarini platformaga ulash va ularga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni Raqamli departament bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga platformani takomillashtirish, ishchi holatda saqlash hamda doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq vazifalar va xarajatlar tuzilgan shartnomaga muvofiq Raqamli departament tomonidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, hududlarda platforma faoliyatini kengaytirish hamda uni texnik qoʻllab-quvvatlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda Raqamli departament huzurida loyiha ofislari (keyingi oʻrinlarda — loyiha ofislari) tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari loyiha ofislarini joylashtirish uchun ularni zarur xona va infratuzilma tarmoqlari bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqamli departament oʻz mablagʻlari hisobidan loyiha ofislarini moddiy-texnik jihozlar hamda malakali mutaxassislar bilan toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar loyiha ofislarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda platformaning uzluksiz ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarlarni qabul qilish hamda tegishliligi boʻyicha vakolatli organlarga avtomatik tarzda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuborilgan xabarlarning vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqilishi va hal etilishi boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarga platforma bilan bogʻliq tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
695-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq nazorati” platformasiga yuborilgan xabarlarni vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom aholi tomonidan “Xalq nazorati” platformasiga (keyingi oʻrinlarda — platforma) yuborilgan xabarlarni vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholi tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xizmat, suv, kanalizatsiya, isitish tizimi, elektr va boshqa muhandislik taʼminoti, transport va yoʻl, shuningdek, hudud infratuzilmasida mavjud muammolar hamda aholini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan platformaga yuborilgan xabarlar vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Nizom bilan tartibga solinayotgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ban — ijrochining reytingini sunʼiy ravishda oshirish maqsadida ularning xabar beruvchilar bilan oʻzaro til biriktirish orqali yuborgan xabarlariga nisbatan qoʻllaniladigan texnik chora;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bloklash — platformaning xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini cheklovchi texnik chora;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi — aholi tomonidan platformaga yuborilgan xabarlarni koʻrib chiqish uchun masʼul etib belgilangan vakolatli organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvchi — platforma orqali xabarlarni (maʼlumotlarni tahrirlash huquqisiz) maqomi berilgan holda foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma moderatori — platforma operatorining masʼul xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma — “Xalq nazorati” platformasining Internet tarmogʻidagi xalqnazorati.uz, 1055.uz manzili, shuningdek, platformaning mobil ilovasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma operatori — Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyting — platformaga kelib tushgan xabarlarning ijrochilar tomonidan koʻrib chiqilganlik holati va darajasini baholovchi koʻrsatkichlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taym-aut boʻyicha xabarning yopilishi — xabarni koʻrib chiqish doirasida ijrochi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar boʻyicha 7 kalendar kun davomida xabar beruvchining eʼtirozi yoki roziligi bildirilmagan taqdirda, xabarga nisbatan qoʻllaniladigan texnik chora;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar — aholi tomonidan qurilish va uy-joy kommunal xizmat, suv, kanalizatsiya, isitish tizimi, elektr va boshqa muhandislik taʼminoti, transport va yoʻl, shuningdek, hudud infratuzilmasida mavjud muammolar hamda aholini qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan platformaga yuborilgan xabarlar (shu jumladan, matn va zaruratga koʻra fotosurat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar beruvchi — platforma orqali xabar yuboradigan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar mavzulari tasniflagichi — yuzaga kelgan muammolarni toifaga ajratish hamda ular boʻyicha yuborish imkonini beruvchi platformadagi mavzular roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chat — yuborilgan xabarlar doirasida xabar beruvchi va ijrochilar oʻrtasida platforma orqali matnli xabar (shu jumladan, fotomateriallar va/yoki hujjatlar nusxasi) almashish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kabinet platforma orqali xabarlarni yuborish, koʻrib chiqish hamda natijasi yuzasidan maʼlumotlarni koʻrish imkonini beruvchi tegishliligi boʻyicha barcha ishtirokchilar tomonidan foydalaniladigan shaxsiy sahifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Platformaga yuborilgan xabarlar vakolatli organlar tomonidan ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Platformada roʻyxatdan oʻtish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xabar beruvchilar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari va telefon raqamini kiritgan holda platformada roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kiritilgan maʼlumotlar shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (SMS-xabarnoma, “Face-ID”) yoki platformada yaratilgan maxsus identifikatsiya qilish (Yagona identifikatsiya tizimi (OnelD), Mobile-ID) orqali tasdiqlangandan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtgan xabar beruvchilarga platformada shaxsiy kabinet ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Platformada roʻyxatdan oʻtishda xabar beruvchilardan olingan shaxsga doir maʼlumotlar ularning roziligisiz uchinchi shaxslarga berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xabar beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan maʼlumotlarning notoʻgʻri koʻrsatilish Platformada roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Platformada roʻyxatdan oʻtish, shuningdek, xabarlarni yuborish, koʻrib chiqish uchun haq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Platformada roʻyxatdan oʻtish jarayonida shaxsiy maʼlumotlarni uzatish tarmogʻining himoyalanganligi uchun xabar beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Platformadan foydalanish uchun ijrochilarga alohida login va parol beriladi. Ijrochilar rahbarlari platformadan foydalanishga masʼul boʻlgan xodimlarni ichki buyruq bilan belgilaydi va bu haqda platforma operatoriga maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Platforma orqali xabarlarni yuborish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xabar beruvchi platformada aniqlangan muammoga mos keluvchi xabar mavzulari tasniflagichini tanlab oʻz shaxsiy kabineti orqali muammoni tavsiflovchi maʼlumotlarni shakllantiradi hamda muammoning manzili va geolokatsiyasini belgilagan holda xabarni yuboradi. Bunda xabarning matni davlat tilida, shuningdek, boshqa tilda boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xabar matnida quyidagi fotomateriallarning joylashtirilishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro haqidagi shaxsga oid maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni va ularda bajarilgan ishlarni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlmagan fotomateriallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahrir qilingan va/yoki fotoredaktorlar orqali oʻzgartirilgan, shuningdek, bir necha tasvirlardan iborat boʻlgan fotomateriallar (kollaj);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahrirni (shu jumladan, aylantirish) kadrlashtirish yoki koʻlamlashtirishni talab qiluvchi maʼlumot yoki fotomateriallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Platformada chop etish uchun .jpg, .png formatdagi va oʻxshash formatdagi, umumiy oʻlchami 10 Mb dan ortiq boʻlmagan hamda 5 tagacha fotosuratlar qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Platformaga kelib tushgan xabarlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Platformaga kelib tushgan xabarlar platforma moderatori tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xabarni koʻrib chiqish platforma moderatori tomonidan quyidagi asoslar aniq koʻrsatilgan xolda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarning mavzusi va/yoki mazmuni platformada mavjud mavzularga tegishli boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarda tekshirilishi mumkin boʻlmagan holatlar keltirilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar xabar beruvchining platformada avval joylashtirilgan xabarini takrorlab, unga ijrochi tomonidan ilgari javob berilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarda platforma operatori va moderatori hamda ijrochilarga nisbatan haqoratli soʻzlar keltirilgan boʻlsa va ular umumqabul qilingan axloq meʼyorlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarda uchinchi shaxslarga oid maʼlumotlar va/yoki fotosuratlar keltirilgan boʻlib, ularning roziligisiz tarqatilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar va/yoki fotosurat matnida tijoriy maqsadlarda tarqatilayotgan yoki platformani yaratish maqsadlari va faoliyatidan farq qiluvchi maʼlumotlar (spam, reklama, Internet tarmogʻining boshqa resurslariga havola, ularda joylashtirilgan hujjatlar, tasvirlar, videofayllar) keltirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammo mavjudligini aks etuvchi fotosurat ushbu Nizomning 13 va 14-bandlari talablariga javob bermasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar matnida uni tushunishni qiyinlashtiruvchi xatolar va/yoki nuqsonlar mavjud boʻlsa, matn yalpi tartibda (soʻzlar birikib ketgan holda), tinish belgilarisiz yozilgan boʻlib, unda umumqabul qilingan tarzda qoʻllanilmaydigan atamalar va qisqartmalar keltirilgan boʻlsa, turlicha sharhlanishi mumkin boʻlgan va qoʻshimcha izohlashni talab qilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarda turli mavzularga oid bir necha muammoning taʼrifi keltirilgan boʻlsa (xabarlar mavzulari tasniflagichining imkoniyatlaridan kelib chiqib, bitta xabar doirasida bitta mavzuga oid masala koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarda bajarilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarda koʻrsatilgan manzil tanlangan obyekt manziliga (geolokatsiyasiga) mos kelmasa hamda qoʻshimcha aniqlashtirishni talab qilsa, xabar beruvchi esa ikki kun davomida moderatorning aniqlashtiruvchi savollariga javob bermasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabar beruvchi moderator tomonidan keltirilgan rad etish asoslarini toʻgʻirlab, xabarni qaytadan yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muayyan xabarlarga nisbatan banni qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda vaziyat sinchkovlik bilan oʻrganib chiqilganidan soʻng (zaruratga koʻra) moderator tomonidan qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar beruvchi — ijrochining xodimi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar beruvchining xabarida koʻrsatilgan muammo platformada joylashtirilishi bilan hal qilinsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarindoshlik aloqalari, shaxsan tanishligi yoki xizmat munosabatlari (qaramligi) tufayli xabar beruvchi bilan ijrochi oʻrtasida til biriktirish alomatlari mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xabar beruvchi tomonidan platformaga yuborilgan xabarlar quyidagi hollarda platforma moderatori tomonidan bloklanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochilar va/yoki uchinchi shaxslar haqoratlaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarlar umumqabul qilingan axloq meʼyorlariga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarda uchinchi shaxslarga oid maʼlumotlar va/yoki fotosuratlar keltirilgan boʻlib, ularning roziligisiz tarqatilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabar va/yoki fotosurat matnida tijoriy maqsadlarda tarqatilayotgan yoki platformani yaratish maqsadlari va faoliyatidan farq qiluvchi maʼlumotlar (spam, reklama, Internet tarmogʻining boshqa resurslariga havola, ularda joylashtirilgan hujjatlar, tasvirlar, videofayllar) keltirilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Platformaga kelib tushgan xabarlar koʻrib chiqish uchun platforma moderatori tomonidan ijrochiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xabarda koʻrsatilgan muammoni qoʻrib chiqish uchun platforma moderatori tomonidan 10 kalendar kungacha muddat belgilanadi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zudlik bilan bartaraf etishni talab etadigan (inson hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan) muammolar uchun — 3 kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavsumiy ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan muammolar uchun — 7 kungacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha oʻrganishni talab etadigan muammolar uchun — 10 kungacha muddat belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xabarda koʻrsatilgan muammoni koʻrib chiqish va hal etish muddati quyidagi hollarda ijrochi tomonidan asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinib uzaytirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammo bartaraf etilishini koʻzda tutuvchi tasdiqlangan rejalar hamda dasturlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoni bartaraf etish uchun majburiy loyihaviy ishlarni bajarish va moliyalashtirish manbaini aniqlash zarur boʻlganda — 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoni bartaraf etish uchun mavsumiy tusdagi ishlarni bajarish yilning tegishli fasliga yoki qulay ob-havoli kunlariga bogʻliq boʻlganda — 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muammoni bartaraf etish uchun tegishli bino va inshoot, shu jumladan, turar joy xonasiga kirish imkoniyati mavjud boʻlmaganda (bunday imkoniyat zarur boʻlsa) — kirish imkoniyati taʼminlanguniga qadar muddati uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ijrochi xabarda koʻrsatilgan muammoni koʻrib chiqish va hal etish muddatini uzaytirish yuzasidan tegishli asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda platforma moderatoriga maʼlumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xabarda koʻrsatilgan muammoni koʻrib chiqish va hal etish muddatini oʻzgartirish platforma moderatori tomonidan xabarlar mavzularining tasniflagichiga muvofiq oʻzgartiriladi hamda tegishli hokimliklar, zaruratga koʻra ijrochi bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Xabarda koʻrsatilgan muammoni koʻrib chiqish va hal etish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror platforma moderatori tomonidan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, har bir muayyan vaziyatdan kelib chiqib qabul qilinadi. Bunda xabar beruvchining shaxsiy kabinetiga xabarda koʻrsatilgan muammoni hal qilish muddati uzaytirilganligi toʻgʻrisida maʼlumot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Kelib tushgan xabarlar matnida ijrochining vakolatiga kirmaydigan masalalarni hal qilish va ishlarni bajarish koʻzda tutilgan boʻlsa, ijrochi uch ish kuni davomida asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, xabarda koʻrsatilgan muammo ijrochisini oʻzgartirish toʻgʻrisida platforma moderatoriga soʻrov yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muddatda ijrochi tomonidan xabarda koʻrsatilgan muammoni hal qilish uning vakolatiga kirmasligi haqida platforma moderatorga maʼlumot kech yuborilganda ijrochining reytingiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi tomonidan xabarda koʻrsatilgan muammoni hal qilish uning vakolatiga kirmasligi haqida platforma moderatoriga maʼlumot asoslantirilmagan holda yuborilganda, ijrochining xabarda koʻrsatilgan muammo ijrochisini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi soʻrovi platforma moderatori tomonidan rad etilishiga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Platformaga kelib tushgan xabarlarni hal etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ijrochi xabar kelib tushgach, uni uch soat ichida oʻzi yoki oʻzining masʼul tarkibiy (pudratchi) boʻlinmalari xabarda koʻrsatilgan muammoning tezkor va har tomonlama oʻrganilishini taʼminlaydi, belgilangan muddatda uni bartaraf etish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ijrochi xabarda koʻrsatilgan muammoni koʻrib chiqishni yakunlagandan soʻng platforma moderatoriga muammoni hal qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida zarur hujjat va fotomateriallarni ilova qilgan xolda javobni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Platforma moderatori ijrochining javobi kelib tushgan paytdan boshlab uch soat ichida muammoni hal qilish boʻyicha ijrochining javobini tegishli hujjatlar va fotomateriallarni ilova qilgan holda xabar beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabar beruvchi ijrochining javobidan rozi boʻlganda, platforma moderatori xabarni ijro etilgan sifatida qabul qiladi va uni nazoratdan yechadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xabarda koʻrsatilgan muammoni hal qilishning imkoni boʻlmaganda, ijrochi xabar beruvchiga hamda platforma moderatoriga muammoni hal qilishning imkoni yoʻqligi boʻyicha sababini koʻrsatib, tegishli asoslantiruvchi hujjatlarni ilova qilgan holda javob yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ijrochining javobidan xabar beruvchi norozi boʻlsa, platforma moderatori xabar beruvchining eʼtirozi hamda ijrochi javobining mazmunini oʻrganib chiqib, 3 kalendar kun ichida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarni ijro etilgan sifatida qabul qiladi va uni nazoratdan yechadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xabarni ijrochiga qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi, bunda xabarlarni qaytarish soni chegaralanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijrochining javoblari boʻyicha xabar beruvchi tomonidan 7 kalendar kun davomida munosabat bildirilmasa, xabar “Taym-aut boʻyicha yopilgan” maqomi bilan yopiladi va “xabar beruvchi rozilik bildirdi” deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Platformada ijrochilarning reytingini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Platformada xabarlarning koʻrib chiqilganlik holati boʻyicha quyidagi koʻrsatkichlar asosida ijrochilarning reytingi platforma operatori tomonidan yuritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hal qilingan — ijobiy hal etilgan xabarlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechiktirilgan — belgilangan muddatlardan kechiktirib koʻrib chiqilgan xabarlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taranglik — hal etilishi jarayonida boʻlgan arizalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faollik — 10 000 kishilik aholiga nisbatan arizalar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaʼdabozlik — ijrochilar tomonidan aholiga yuborilgan “quruq” javoblar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rad etilgan — 3 yoki undan koʻp marotaba rad etilgan javoblar soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hududlarning geografik joylashuvi, aholi zichligi hamda ishlab chiqarish infratuzilmasiga qarab, reyting baholashning qoʻshimcha koʻrsatkichlari platforma operatori tomonidan belgilanishi mumkin. Reyting baholashning koʻrsatkichlari platformada shaffof va adolatli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ijrochilarning reyting baholash koʻrsatkichlari platformada ochiq shaklda chop etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Platforma orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning koʻrib chiqilishi holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar platforma operatori tomonidan yuritiladi hamda har haftaning juma kuni tegishli hokimliklarga taqdim etib boriladi. Bunda hokimliklar tahliliy maʼlumotlar asosida idoraviy muhokamalarni tashkil etgan holda ijrochilarning masʼuliyatini oshirish hamda intizomiy choralarni qoʻllash boʻyicha tegishli choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Platforma orqali yuborilgan xabarlar hamda ularning koʻrib chiqilish holati toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar har chorakda umumlashtirilib, hokimliklar tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizomni qoʻllashda kelib chiqadigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq nazorati” platformasiga yuborilgan xabarlarni vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish va hal etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq nazorati” platformasiga yuborilgan xabarlarni vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqish va hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Xabar beruvchi

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari va telefon raqamini kiritgan holda Elektron hukumat foydalanuvchilarining Yagona identifikatsiya tizimi orqali Platformada roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Xabar beruvchi

Platformada aniqlangan muammoga mos keluvchi xabar mavzulari tasniflagichini tanlagan holda, oʻz shaxsiy kabineti orqali muammoni tavsiflovchi maʼlumotlarni shakllantiradi hamda muammoning manzili va geolokatsiyasini belgilagan holda xabarni yuboradi.

Xohishiga koʻra

3-bosqich

Raqamli rivojlanish departamenti masʼul xodimi

(keyingi oʻrinlarda — Platforma moderatori)

1. Platformaga kelib tushgan xabarlar tomonidan koʻrib chiqiladi.

2. Platformaga kelib tushgan xabarlar Platforma moderatori tomonidan belgilangan muddatlarda koʻrib chiqish va hal etish uchun vakolatli organga yoʻnaltiriladi.

Xabar kelib tushgan paytdan boshlab uch soat ichida

4-bosqich

Vakolatli organlar

1. Kelib tushgan xabarlarni qabul qiladi, oʻrganadi hamda muammoni bartaraf etish choralarini koʻradi.

2. Muammoni hal qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida zarur hujjat va fotomateriallarni ilova qilgan xolda Platforma moderatoriga javobni yuboradi.

3. Zaruratga koʻra, muammoni koʻrib chiqish va hal etish muddatini uzaytirish yoki uni hap qilishning imkoni yoʻqligi yuzasidan tegishli asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda Platforma moderatoriga maʼlumot yuboradi.

Belgilangan muddatlarda

5-bosqich

Platforma moderatori

1. Ijrochining javobi kelib tushgan paytdan boshlab uch soat ichida muammoni hal qilish boʻyicha ijrochining javobini tegishli hujjatlar va fotomateriallarni ilova qilgan holda xabar beruvchiga yuboradi.

2. Xabar beruvchi ijrochining javobidan rozi boʻlganda Platforma moderatori xabarni ijro etilgan sifatida qabul qiladi va uni nazoratdan yechadi.

Javob kelib tushgan paytdan boshlab uch soat ichida

3. Xabar beruvchi ijrochining javobidan norozi boʻlganda, xabar beruvchining eʼtirozi hamda ijrochi javobining mazmunini oʻrganib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

xabarni ijro etilgan sifatida qabul qiladi va uni nazoratdan yechadi;

xabarni ijrochiga qayta koʻrib chiqish uchun qaytaradi.

3 kalendar kuni ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq nazorati” platformasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

1.

“Xalq nazorati” platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) doirasida:

1. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentining (keyingi oʻrinlarda — Raqamli departament) loyiha ofislari uchun zarur infratuzilma va jihozlarga ega xonalarni ajratish.

2025-yil yanvar

Mahalliy budjet mablagʻlari

Toshkent, Jizzax va Xorazm viloyatlari hokimliklari

2. Loyiha ofislari uchun xodimlarni ishga olish va zarur moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash.

2025-yil fevral

Raqamli departament mablagʻlari

Raqamli departament

2.

Platformaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda toʻliq ishga tushirilishini taʼminlash boʻyicha barcha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil fevral

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

1. Platformani joriy etish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Raqamli departament oʻrtasida shartnoma tuzish.

2024-yil dekabr

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Raqamli departament

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda Loyiha ofislari uchun zarur infratuzilma va jihozlarga ega xonalarni ajratish.

2025-yil yanvar

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda Loyiha ofislari uchun xodimlarni ishga olish va zarur moddiy-texnik jihozlar bilan taʼminlash.

2025-yil yanvar

Raqamli departament mablagʻlari

Raqamli departament, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Raqamli departament

4. Platformani sinov tarzida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va qolgan viloyatlarda ishga tushirish.

2025-yil yanvar

-

3.

Platforma ish faoliyatini yanada faollashtirish uchun aholining platformadan xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish:

1. Platforma toʻgʻrisida “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Oʻzbekiston 24”, “Toshkent” telekanallarida ijtimoiy roliklar va qisqa reportajlar tayyorlab namoyish qilish:

a) foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtish shartlari, qulayliklari va hal etilayotgan masalalar toʻgʻrisida;

b) keyingi bosqichlarda joriy qilinadigan hududlar toʻgʻrisida.

2025-yil davomida

Raqamli departament mablagʻlari

Raqamli departament, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

2. Platformaning ijtimoiy tarmoqlardagi targʻibotini kuchaytirish.

2025-yil davomida

-

Raqamli departament

4.

Platformaga aholi tomonidan kelib tushgan xabarlarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilgan holda aholi turmush darajasi va madaniyatini yaxshilashga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda inobatga olish.

Doimiy ravishda

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5.

Aholiga vaqtincha noqulaylik keltirib chiqaruvchi holatlar, xususan, kommunikatsiya tarmoqlaridagi profilaktika ishlari yoki taʼmirlanishi sababli kommunal xizmatlarning (suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi) toʻxtatilishi va boshqa noqulaylik holatlarini platformada avvaldan eʼlon qilib borishni yoʻlga qoʻyish, bunda:

amalga oshiriladigan rejali ishlar va oʻchirishlar haqida — ular boshlanishidan 2 kun avval;

aniqlangan nosozliklar va avariyalar haqida — darhol.

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Raqamli departament

6.

Platformaga kelib tushayotgan xabarlarni bartaraf etilishi natijalaridan kelib chiqib, tegishli hudud (tuman, shahar, viloyat) va tashkilotlarning reytingini tuzish metodologiyasini takomillashtirish.

2025-yil aprel

Raqamli departament

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq nazorati” platformasiga ulanadigan vakolatli organlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi xamda tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Transport vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Hududgaztaʼminot” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzsuvtaʼminot” Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida issiq suv taʼminoti hamda issiqlik manbai bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoʻl infratuzilmasini taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida obodonlashtirish bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti bilan kelishilgan holda roʻyxatda nazarda tutilgan vakolatli organlar tarkibiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-oktabrdagi 695-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) qalbakilashtirilgan hujjatlardan foydalanilgan holda, tashqi reklama obyektlariga (konstruksiyalariga) olingan pasportlar, guvohnomalar, ruxsatnomalar va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlar, shuningdek, tegishli vakolatli organning qarorisiz oʻrnatilgan tashqi reklama obyektlari (konstruksiyalari) boʻyicha hujjatlarning muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi va ular haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ilgari sud qarorlari (hukmlari) asosida qalbakilashtirilganlik holati belgilangan hujjatlardan foydalanilgan holda yangi koʻrinishdagi pasport olingan boʻlsa, yangilangan pasport Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli qarorlari bilan bekor qilinadi va reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirishda tegishli toʻlov va yigʻimlar boʻyicha toʻlangan toʻlovlar va tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun oylik yigʻimlar qaytarilmaydi va ushbu tadbirkorlik subyektining yozma murojaatiga koʻra, unga tegishli boshqa reklama joylari pasportlari asosida tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun oylik yigʻimlar hisobiga olinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 95-bandning “b” kichik bandi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) video ekranli (elektron displeyli) tashqi reklama obyektlarini masofaviy boshqarish boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining maxsus platformalari elektron tizimga integratsiya qilinadi. Bunda mazkur maxsus platformalar “Kiberxavfsizlik markazi” DUKda kiberxavfsizlik talablariga muvofiq kompleks ekspertizadan oʻtkazilgan boʻlishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhlar tuzadi. Bunda maxsus ishchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida olti oyda bir marta barcha turdagi tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) ushbu qaror talablariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazishni hamda joylashtirilgan tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) qonunchilik talablariga muvofiqligini oʻrganishni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reklama joyi pasportlaridagi texnik xatoliklarni bartaraf qilish maqsadida ularga oʻzgartirishlar kiritish, ariza beruvchilar tomonidan berilgan arizalarda xatoliklar yoki nomuvofiqliklar pasport yangilab berilganidan keyin aniqlanganda va reklama joyi pasportini yangilab berishda toʻlov hisob-kitobida xatolik yoki nomuvofiqlik boʻlganda, ularni bartaraf qilish (toʻlovni kamaytirish, koʻpaytirish, toʻlovchining arizasiga asosan toʻlovni unga tegishli boshqa reklama joyi pasporti uchun toʻlanadigan yigʻimlar hisobiga oʻtkazish yoki kelajakdagi tashqi reklama obyektini joylashtirish uchun yigʻimlar hisobiga olish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eski turdagi reklama joyi pasportlarini yangilash jarayonida vujudga kelayotgan nizoli masalalar boʻyicha belgilangan tartibda nazarda tutilmagan asosli holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, tadbirkor foydasiga qaror qabul qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus ishchi guruhga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan boshqa vakolatlar ham berilishi mumkin. Maxsus ishchi guruh qarorlari yigʻilish bayonnomasi koʻrinishida rasmiylashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“j) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari reklama joyi pasportlarini bekor qilish toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlarini quyidagi tartibda xabardor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror loyihalarini qabul qilishdan 15 (oʻn besh) kun oldin ularni maxsus veb-saytlarga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror qabul qilinganidan keyin qarorni uch ish kuni ichida maxsus veb-saytlarga joylashtiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 6-ilova 8-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) reklamadan xoli hududlar yer chegarasidan 50 metr yoki undan kam boʻlgan masofada joylashtirishga (qurishga) yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari mazkur kichik bandda nazarda tutilgandan 50 metrlik masofani kamaytirish yoki koʻpaytirish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi hamda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan soʻrovnomani mustaqil ravishda elektron shaklda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yer uchastkalarida, shuningdek, xususiy mulk boʻlgan binolar va inshootlarda tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) eskiz loyihasi (eskiz loyihada texnik xususiyatlari aks ettiriladi va oʻrnatish manzili hamda oʻrnatish chizmasida mavjud boʻlsa, reklama joyining raqami belgilanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatiladigan joyning oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari, binolar hamda inshootlar mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar (ariza beruvchi mulkdor boʻlmagan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalari, binolar hamda inshootlarning mulkdorlarining rozilik xati (ariza beruvchi mulkdor boʻlmagan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yigʻilishi qarorlari (agar tashqi reklama va axborot obyekti koʻp kvartirali uyning tom qismi yoki fasadiga oʻrnatilishi nazarda tutilayotgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlar nomidan tuzilgan shartnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) transport vositalarida tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi guvohnoma seriyasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasida joylashtirilishi nazarda tutilgan reklama va axborotning (transport vositasining toʻrt tarafdan koʻrinish) eskizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositasining davlat raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ilgari berilgan reklama joyi pasportlarini yangi shakldagi pasportga almashtirish, shu jumladan, amal qilish muddatini belgilash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan oxirgi besh yil muddat uchun qarzdorligi mavjud boʻlmaganligini asoslovchi hujjatlar yoki toʻlov va yigʻimlardan boʻlgan qarzdorlik summasidan kamida 30 foiz miqdorida birinchi toʻlov amalga oshirilganligini asoslovchi hujjatlar va qarzdorlikni boʻlib toʻlash haqida iltimosnoma (bunda reklama joyining pasportida koʻrsatilgan konstruksiyaga turi va oʻlchami oʻzgartirilgan xollarda, toʻlov oʻzgartirilgan konstruksiyaga toʻlov toʻlanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beriladigan reklama joyining pasporti va texnik xavfsizlik talablariga muvofiq oʻrnatilganligi haqida tegishli litsenziyaga ega boʻlgan vakolatli tashkilotning joriy yildagi xulosasi (oʻrnatilgan manzili (moʻljal) va lokatsiyasi koʻrsatilgan boʻlishi shart);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari berilgan reklama joyi pasportining elektron nusxasi yoki avtobus bekatlari uchun tegishli davlat organi tomonidan berilgan avtobus bekatini oʻrnatish uchun asos boʻlgan hujjat (agar pasport egasi qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, pasportga egalik qilish huquqi toʻgʻrisida sud qarori nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama va axborot konstruksiyasi toʻliq koʻrinishining orqa va old tomonini aks ettiruvchi (fundamenti va yuqori qismi) oxirgi bir hafta ichida olingan fotosuratlari (JPEG formatida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilardan ushbu bandda va soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada koʻrsatilgan tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) oʻrnatish chizmasiga kiritilmagan boʻlsa, ariza ijobiy koʻrib chiqilgan taqdirda, u keyinchalik oʻrnatish chizmasiga kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament tomonidan arizalar oʻn besh ish kuni ichida (avtotransport vositalarida tashqi reklamani oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun arizalar besh ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi va elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlangan, QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun reklama joyining pasporti rasmiylashtiriladi yoki rad etishga asoslar mavjud boʻlganda, rasmiylashtirish rad etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Masʼul organ va tashkilotlar ularga soʻrov kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni (avtotransport vositalarida tashqi reklamani oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish uchun toʻrt ish kuni) ichida elektron tizimga tegishli xulosani joylashtirish orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, tashqi reklama obyektlarining (konstruksiyalarining) pasportini berish mumkinligini kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda masʼul organ va tashkilotlar javob taqdim etmagan taqdirda, tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) pasportini berish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa olingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda masʼul organ va tashkilotlarning rahbarlari tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) pasportini berish boʻyicha oʻz vaqtida kelishilishi va xulosalar chiqarilishi, shuningdek, ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik oqibatlari uchun shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13. Reklama joyining pasportini rasmiylashtirishni (uning muddatini belgilash yoki yangi shakldagi pasportga almashtirishni) rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) turi, koʻrinishi, joylashuvi va boshqa jihatlari Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) qurish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishincha oʻz maʼmuriy hududlarida ishlab chiqib tasdiqlagan Tashqi reklama obyektlari namunaviy toʻplamiga zidligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganligi, hujjatlar soʻrovnomaga asosan toʻliq taqdim etilmaganligi, arizada koʻrsatilgan pasport boʻyicha boshqa ariza mavjudligi yoxud arizada (ilovalarida) yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) xavfsizligining umumiy texnik reglamentida nazarda tutilgan talablarga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarida reklamani joylashtirish boʻyicha harakat xavfsizligi qoidalariga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolati boʻlmagan shaxs tomonidan ariza berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari berilgan reklama joyining pasportida koʻrsatilgan egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) joylashgan joyi (lokatsiyasi), oʻlchami, turi uning joriy holatiga toʻgʻri kelmasligi (maxsus ishchi guruhning ushbu pasport va holat boʻyicha tegishli ijobiy qarori mavjudligi bundan mustasno) hamda oxirgi besh yil uchun tashqi reklama boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan qarzdorlik toʻliq qoplanmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ilgari berilgan reklama joyining pasporti boʻyicha tegishli toʻlov va yigʻimlardan qarzdorlik va ular boʻyicha toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlar solishtirma dalolatnomasiga asosan oʻrganilib, qarzdorlik aniqlanganda, reklama joyining pasporti egalariga qarzdorlikni toʻlash uchun invoys va qoʻshimcha 10 ish kun muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ilgari berilgan reklama joyining pasportini yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirishda tegishli toʻlov va yigʻimlar boʻyicha reklama joyining pasporti egalariga qarzdorlikni toʻlash uchun invoys oʻz muddatida toʻlanmaganda, ushbu arizalar boʻyicha reklama joyining pasporti egalariga 2024-yil 1-dekabrga qadar arizani qayta yuborish imkoniyati beriladi. Bunda ilgari berilgan invoysda koʻrsatilgan qarzdorlik summasiga invoys chiqarilgan vaqtdan boshlab, qayta ariza yuborilgan vaqt oraligʻidagi oylar uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlangan tariflar miqdorida yigʻim miqdori qoʻshiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ariza beruvchini arizani qayta yuborib, ushbu ariza boʻyicha yuborilgan invoysni oʻz muddatida toʻlamasa, ushbu invoys summasi sud tartibida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan undiriladi. Reklama joyining pasportini olish uchun qayta murojaat rad etilgan taqdirda, keyingi murojaatlar 2025-yil 30-yanvarga qadar yuborilishi mumkin va ular ushbu Reglamentga asosan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilova 3-bosqichining “v” kichik bandidagi “15 ish kun ichida” soʻzlari “5 ish kun ichida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilova V boʻlimning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Avtomototransport vositasini davlat raqami”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) ilgari berilgan reklama joyining pasport egalari tomonidan 2024-yil 1-dekabrga qadar ularni yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirish uchun YIDXP axborot tizimi orqali ariza topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ilgari berilgan reklama joyining pasportlari yangi shakldagi reklama joyining pasportiga almashtirilmaganda, ushbu pasportlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tashqi reklama joyining pasportlarini rasmiylashtirish va berish (imzolash) vazifasi yuklangan vakolati mansabdor shaxsi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari qarorlariga asosan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi “Bunda yigʻim miqdori rasman eʼlon qilinmagan va kuchga kirmagan taqdirda, mazkur davr uchun yigʻim undirishga yoʻl qoʻyilmaydi.” jumlasi bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“elektron tizim ishga tushirilgandan boshlab tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) oʻrnatishga boʻlgan huquq uchun oylik yigʻimlardan tushadigan mablagʻlar 2-ilovaga muvofiq taqsimlanadi. Bunda yigʻimdan tushumni taqsimlashdan oldin “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun 0,5 foiz miqdordagi toʻlov chegirib qolinadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilansinki, 2024-yil 1-dekabrdan boshlab transport vositalarida (yoʻnalishlardagi avtobuslar bundan mustasno) reklamani joylashtirish uchun yigʻim transport vositalarida tashqi reklamani oʻrnatish uchun reklama joyining pasportini berishda toʻlanadi. Bunda 2024-yil 1-dekabrga qadar berilgan transport vositalarida tashqi reklamani oʻrnatish uchun reklama joyining pasportlari uchun yigʻim 2025-yil 1-yanvarga qadar toʻliq toʻlanishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2024-y., 09/24/695/0877-son)