Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
IChKI BOZORNI BOLALAR OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BILAN TOʻLDIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ichki bozorni yuqori sifatli bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, ular narxlarining asossiz ravishda oshishiga yoʻl qoʻymaslik va aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 270-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Savdo tashkilotlari tomonidan “Nestle-Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan bolalar sut mahsulotlariga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda “Nestle — Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan bolalar sut mahsulotlariga chakana sotish narxlarini shakllantirishda belgilangan cheklangan savdo ustamalariga savdo korxonalari tomonidan rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 9-yanvar,
11-son