Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maxsus vaucher shaklini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 24-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3564]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maxsus vaucher shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-oktabr,
32-son
Kelishildi:
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 10-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 16-oktabrdagi 32-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maxsus
VAUCHER SHAKLI
Oldingi tahrirga qarang.
| OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI | |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelishi uchun maxsus vaucher ________-son (___.___.___) | ||
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami | ||
□ Temir yoʻl □ Aviatransport | ||
20___ yil “___”___________________________ | ||
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 14-avgustdagi 28-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3926, 14.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 10/24/3564/0858-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)

