Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 16-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 21-sentabrda maʼqullangan
Mamlakatimizda davlat mulkini boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, qulay investitsiya muhitini yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish hisobidan xususiy mulkchilikni kengaytirish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish, ularning faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv prinsiplarini joriy etish, ularni ichki va tashqi bozorlarda raqobatlashishga qodir boʻlgan samarali korxonalarga bosqichma-bosqich aylantirish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Shu bilan birga sohada amalga oshirilayotgan islohotlar negizida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni amaldagi huquqiy hujjatlar bilan uygʻunlashtirish orqali ularning ijrosi samarali tashkil etilishini taʼminlash zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Mazkur Qonunda davlat mulkini garovga qoʻyish, baholash va ommaviy savdolarga chiqarish, davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish tartibini bekor qilish, davlat ishtirokidagi korxonalarning homiylikka sarflanadigan xarajatlarini, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish bilan bogʻliq normalar nazarda tutilmoqda.
Ushbu Qonun davlat mulkini boshqarish sohasini takomillashtirish hamda maxsus vakolatli organning vakolatlari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilash orqali xususiy mulkchilikni kengaytirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi 736-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan 614-I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 96-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 156-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 10, 671-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 11, 1062-modda) 8-moddasining oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat mulkida boʻlgan va hech kimga xoʻjalik yuritish huquqida biriktirilmagan mulk garovi toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda xususiylashtirilmaydigan davlat mulkini, shuningdek davlat tashkilotini xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran va ushbu jarayon yakunlanguniga qadar mazkur davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan davlat mulkini garovga berishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda) sakkizinchi boʻlimining oʻninchi xatboshisidagi “ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti” degan soʻzlar “ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan yoxud ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori xoʻjalik jamiyatining boshqa har bir aksiyadori (ishtirokchisi) ulushiga nisbatan koʻp boʻlgan tijorat tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi 811-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda) 11-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
birinchi qismning ikkinchi xatboshisidagi “davlat tasarrufidan chiqarish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat tashkiloti xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirilayotganda baholash talab etilmaydi”;
ikkinchi va uchinchi qismlar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 4-moddaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi toʻgʻrisida”gi 712-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-iyulda qabul qilingan OʻRQ-483-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 7, 428-modda; 2019-yil, № 11, 791-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 2, 79-modda, № 3, 214-modda, № 4, 337-modda; 2023-yil, № 11, 923-modda) 21-moddasi birinchi qismining oʻninchi xatboshisidagi “shu jumladan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymati boʻyicha realizatsiya qilish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 2-mayda qabul qilingan “Homiylik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-96-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 5, 218-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 464-modda) 5-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining homiylikka sarflanadigan har yilgi xarajatlari oʻtgan yilda olingan sof foydaning 3 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar ular biznes-rejasining oʻtgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi koʻrsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi OʻRQ-163-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan OʻRQ-387-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda, № 3, 166-modda, № 4, 199-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 10, 968, 973-moddalar; 2022-yil, № 3, 217-modda; 2023-yil, № 4, 272-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 3-moddaning qirqinchi xatboshisidagi “davlat depozitariysi” degan soʻzlar “tashkilot” degan soʻz bilan almashtirilsin;
2) 38-moddaning:
birinchi qismidagi “davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi hamda” degan soʻzlar “aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda oʻz” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun tariflarning miqdorlari jamiyat ustavida belgilangan uning vakolatli boshqaruv organi tomonidan qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi”.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda; 2023-yil, № 9, 710-modda; 2024-yil, № 1, 5, 6, 7-moddalar, № 2, 101, 105, 107, 108, 111-moddalar) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining 30-bandidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan soʻzlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 9-modda birinchi qismining 10-bandidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan soʻzlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 10-modda birinchi qismining 102-bandidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan soʻzlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 15-oktabrda qabul qilingan “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-641-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 594-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) 34-moddasi beshinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “nol” xarid qiymati boʻyicha” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-642-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 10, 595-modda; 2021-yil, № 4, 287-modda, 4-songa ilova; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda, № 6, 570-modda, 10-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda) 64-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investitsiya loyihalarini va xususiylashtirilgan tashkilotlarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari”ni amalga oshirish, foydalanilmayotgan xonalarni va binolarni ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun investitsiya majburiyatlari hamda ijtimoiy majburiyatlar sharti bilan realizatsiya qilish va davlat mulki obyektlarini ijaraga berish munosabati bilan zarur ish oʻrinlari sonini aniqlash asosida hisob-kitob qilinadi”.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-martda qabul qilingan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-821-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 183-modda; 2024-yil, № 2, 107-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 22-modda ikkinchi qismining oʻn birinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda dividend siyosatini belgilaydi” degan soʻzlar “davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosati yuritilishini muvofiqlashtiradi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish” degan soʻzlar “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 48-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi davlat korxonasining” degan soʻzlar “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi aksiyadorlik jamiyatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
14-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-oktabr,
OʻRQ-980-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2024-y., 03/24/980/0840-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)