Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 18-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3382-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-son “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 22-iyuldagi 12/02-22-22-son qarori (roʻyxat raqami 3382, 2022-yil 31-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 10/22/3382/0796-son) bilan tasdiqlangan Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi 2-kichik bandi hamda 42-bandi 2-kichik bandidagi “davlat standartlari” degan soʻzlar “milliy standartlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-oktabr,
183-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2024-y., 10/24/3382-1/0837-son)