1-ILOVA
ILOVA
|
1. |
Litsenziya nomi: |
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyati uchun litsenziya |
|
2. |
Litsenziya turi: |
yakka tartibdagi litsenziya |
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
yuridik shaxs |
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
|
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
a) ariza. Arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: |
|
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi; |
||
|
tadbirkorlik subyekti rahbari va xodimlarining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan yili, manzili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari; |
||
|
b) litsenziya talabgori tomonidan Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning “Ziyorat” jamgʻarmasiga 1 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; |
||
|
v) “Umra” tadbirlari davomida ziyoratchilarga guruh rahbari etib diniy bilim va koʻnikmalarga ega mutaxassisni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi; |
||
|
g) “Umra” xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligining “Umra” litsenziyasiga ega boʻlgan hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan shartnoma nusxasi; |
||
|
d) ziyoratchilarni tashish va parvozlarni amalga oshirish boʻyicha aviakompaniya(lar) bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi nusxasi; |
||
|
e) tadbirkorlik subyektining ziyoratchilarga sifatli xizmat koʻrsatishi uchun zamonaviy jihozlangan binoda faoliyat yuritishi toʻgʻrisidagi maʼlumot; |
||
|
j) tadbirkorlik subyektining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi. |
||
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari |
|
7. |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari. Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi: 70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga; 30 foizi — Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga. |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
Hujjatlar qabul qilish yakunlangan kundan boshlab 30 kun davomida |
|
9. |
Litsenziya talab va shartlari: |
a) qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish; |
|
b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ziyorat” jamgʻarmasiga 1 mln AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni zaxira qilib qoʻyish hamda ushbu mablagʻlarning yetarli miqdorini taʼminlab borish;* |
||
|
v) “Umra” amallarini bajarishda ziyoratchilarning guruh rahbari etib faqat Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassisni tayinlash;* |
||
|
g) shtatida diniy (islomiy) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim muassasasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi; |
||
|
d) voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik; |
||
|
e) oʻz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik;* |
||
|
j) “Umra” tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron roʻyxatini Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga safardan oldin taqdim qilish; |
||
|
z) ziyoratchilar uchun Saudiya Arabistoni Podshohligining faqat “Umra” vizasini rasmiylashtirish; |
||
|
i) “Umra” xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podshohligidagi hamkor tashkilot oʻrtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish hamda ular tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish;* |
||
|
k) ziyoratchilarga “Umra” amallarini bajarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va sifatli “Umra” xizmatlarini koʻrsatish, shuningdek, Saudiya Arabistoni Podshohligining Makka va Madina shaharlarida ziyoratchilarga oʻz vaqtida tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish; |
||
|
l) xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi va yuk tashish boʻyicha 2 yildan kam boʻlmagan tajribaga ega hamda ushbu davr mobaynida yoʻlovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniyalar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, ziyoratchilarni yuborishdan oldin ularga borish-kelish aviachiptalarini xarid qilish;* |
||
|
m) ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam boʻlmagan mehmonxonalarga joylashtirish; |
||
|
n) “Umra” xizmatini uchinchi davlatlar orqali koʻrsatmaslik;* |
||
|
o) “Umra” xizmatini litsenziyada koʻrsatilgan manzildan boshqa joyda joylashgan vakolatxona va filial orqali amalga oshirmaslik;* |
||
|
p) elektron toʻlovlar, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlish. |
||
|
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
mavjud emas |
|
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
cheklanmagan |
|
12. |
Izoh. |
* qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan litsenziya talab va shartlari. |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
1. |
Litsenziya nomi: |
turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya |
|
2. |
Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari: |
a) ichki turizm faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasi ichkarisida turistik faoliyatni amalga oshirish); |
|
b) chiqish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turistik faoliyatni (shu jumladan, tibbiy va taʼlim turizmini) amalga oshirish); |
||
|
v) kirish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasiga chet el fuqarolarini jalb etishga oid turistik faoliyatni amalga oshirish). |
||
|
3. |
Ariza beruvchilar toifasi: |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
|
4. |
Litsenziyalovchi organ: |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari |
|
5. |
Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: |
Turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish uchun: |
|
a) ariza; |
||
|
arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: |
||
|
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, STIR, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish); |
||
|
b) talabgorning kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; |
||
|
v) yuridik shaxs shtatida “turizm” yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar, professional maʼlumotga yoki malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning boʻlishi; |
||
|
g) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning elektron nusxalari; |
||
|
d) rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugilgan yili, pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari, uy manzili, maʼlumoti, aloqa telefonlari koʻrsatilgan maʼlumotlar. |
||
|
mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga zaxira qilinganligi haqidagi maʼlumotni oʻzi mustaqil tarzda oladi. |
||
|
Turagentlik faoliyatini amalga oshirish uchun: |
||
|
a) ariza; |
||
|
yuridik shaxslar uchun: |
||
|
yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), faoliyatni amalga oshirish joyining manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, STIR, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish); |
||
|
jismoniy shaxslar uchun: |
||
|
familiyasi, ismi, otasining ismi, JSHSHIR (mavjud boʻlsa), faoliyatni amalga oshirish joyi, yashash joyi, elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa), telefon raqami, litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, litsenziya toifalari boʻyicha tanlash, ariza toʻldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish). |
||
|
b) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar; |
||
|
v) litsenziyalovchi organ “chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga zaxira qilinganligini haqidagi maʼlumotni oʻzi mustaqil tarzda oladi. |
||
|
6. |
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: |
bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari |
|
7. |
Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: |
“Ichki turizm” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari; “chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati yoxud bittadan ortiq yoʻnalish turi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari. |
|
8. |
Arizani koʻrib chiqish muddatlari: |
3 kun. |
|
9. |
Litsenziya talablari va shartlari: |
Turoperatorlar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat: |
|
a) turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish; |
||
|
b) yuridik shaxs shtatida “turizm” yoʻnalishi boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga yoki malaka sertifikatiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning boʻlishi;* |
||
|
v) yuridik shaxs xodimlari (gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilar) uch yilda kamida bir marta belgilangan tartibda malaka sertifikatini olishi;* |
||
|
g) turizm mahsuloti buyurtmachisi bilan, shu jumladan, oʻzbekiston Respublikasining turizm xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga javob beradigan elektron tijorat shartnomasi tuzilganidan keyin turizm xizmatlarini koʻrsatish; |
||
|
d) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish; |
||
|
e) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, turizm xizmatlari sertifikatining mavjudligi (agar mavjud boʻlsa), turizm faoliyatining aniq yoʻnalishlari uchun masʼul boʻlgan litsenziatning mutaxassislari familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish; |
||
|
j) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, bron qilish xizmatlarini koʻrsatadigan veb-saytga ega boʻlishi (ushbu talabning chet tillari boʻyicha qismi “ichki turizm” yoʻnalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas); |
||
|
z) turoperatorlarning fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashni tasdiqlovchi sugʻurta polisining mavjudligi;* |
||
|
i) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan belgilangan faoliyat bilan shugʻullanish huquqini tasdiqlovchi hujjat nusxasining mavjudligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);* |
||
|
k) xorijiy mamlakatlardagi taʼlim va (yoki) tibbiyot muassasasi bilan hamkorligini tasdiqlovchi hujjatning mavjudligi (“chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha taʼlim va (yoki) tibbiyot turizmi faoliyatini amalga oshirish uchun);* |
||
|
l) faoliyatni faqat litsenziyada koʻrsatilgan yoʻnalish(lar) boʻyicha amalga oshirish;* |
||
|
m) mijozlar va chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomasiz turizm xizmatlarini koʻrsatmaslik;* |
||
|
n) turizm xizmatlari sertifikati bilan tasdiqlangan turistlar va ekskursiyachilarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki uchun xavfsizlikni taʼminlash tizimining litsenziatda mavjudligi. |
||
|
Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat: |
||
|
a) turizm toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya qilish; |
||
|
b) turizm faoliyatining “chiqish turizmi” yoʻnalishidagi faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish;* |
||
|
v) “chiqish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining Xavfsiz turizm jamgʻarmasiga zaxira qilishi;* |
||
|
g) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan soʻng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targʻib va realizatsiya qilish;* |
||
|
d) har bir turistga va ekskursiyachiga turistik sayohat vaqtida Oʻzbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda boʻlishning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish; |
||
|
e) mijozga litsenziatning ish rejimi, joylashgan yeri (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi toʻgʻrisida toʻliq va batafsil maʼlumot berish, jumladan, ushbu koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish. |
||
|
10. |
Litsenziya berishda kelishiladigan organlar: |
mavjud emas. |
|
11. |
Litsenziyaning amal qilish muddati: |
cheklanmagan |
|
12. |
Izoh. |
* Qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar. |
|
”. |