Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2020 27.12.1994 yildagi 624-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2020
Hujjat 27.12.1994 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIGA PASPORTLAR, XORIJIY ShAXSLARGA, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARGA YaShASh GUVOHNOMALARI VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXS GUVOHNOMALARI BERISh HAMDA ALMAShTIRIShNI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-sonli “Konsullik roʻyxatida turuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisida Nizomni amalga kiritish haqida”gi Farmonini bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlar, xorijiy shaxslarga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash guvohnomalari va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomalari berish va almashtirishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil oxirigacha aholiga pasport berish, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish-ketishlarni hisobga olish masalalari boʻyicha maxsus axborot tarmogʻi tashkil etish uchun zarur boʻlgan kompyuter texnikasi sotib olish uchun 1-ilovaga muvofiq*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yilda pasport bosib chiqarish qurilmalarini, ularning qoʻshimcha uzellari va ehtiyot qismlarini sotib olish, tashib keltirish, aholiga pasport berish masalalari boʻyicha maxsus axborot tarmogʻi tashkil etish va aloqa kanallarini ijaraga olishni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari pasport boʻlinmalari shaxsiy tarkibiga qoʻshiladigan 260 nafar xodimni mablagʻ bilan taʼminlash uchun 2, 3,* 4-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2, 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4 - ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Davlat ishlab chiqarish birlashmasiga xorijiy shaxslarga hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashashi uchun guvohnoma blanklarini tayyorlash uchun 5-ilovaga* muvofiq zarur valyuta va pul mablagʻlari ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining aholiga pasport berish, Oʻzbekiston Respublikasiga kelish-ketishlarni hisobga olish masalalari boʻyicha maxsus axborot tarmogʻining faoliyat koʻrsatishi uchun zarur miqdorda toʻgʻridan toʻgʻri telefon va telegraf kanallari ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Davlat ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan 1995-yilning 1 choragida xorijiy shaxslarning hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida yashashi uchun guvohnomalar blanklarini zarur miqdorda tayyorlasin, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti blanklarini ishlab chiqarishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Sharq” nashriyot-matbaa konserni 1994-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmanomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarining pasport boʻlinmalari uchun zarur boʻlgan maxsus mahsulotlarni tayyorlab bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtmasiga binoan Germaniyadan pasportlarni shaxslashtirish boʻyicha maxsus asbob-uskunalar tashib keltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik korpusga, ularning oila aʼzolariga hamda chet ellarda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti berishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1994-yil oxirigacha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining yoʻriqnoma hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga va mazkur qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yilning II choragidan boshlab xorijiy fuqarolarga, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomalarni hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomalarini berishni taʼminlasin va almashtirishni bir yil mobaynida yakunlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini hamda xorijiy fuqarolarni mehmonxonalar, sanatoriylar, otellar, kempinglar va dam olish uylarida roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy oʻz-oʻzini boshqarish organlari, mehmonxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, tashkilotlar, korxonalar hamda muassasalarning pasport ishlarini yuritishga masʼul boʻlgan xodimlarini oʻqitish dasturini ishlab chiqsin va tegishli ravishda oʻqitishni yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport tizimi qoidalarini buzuvchilarni hamda sud va tergovdan qochib yurgan shaxslarni aniqlash uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksionerlik temir yoʻl kompaniyasi bilan birgalikda “AIPS VOKZAL” axborot-qidiruv tizimini yaratish toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga 1995-yil 1-iyulgacha taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 1-iyuldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining 1995-yil 1-yanvargacha berilgan umumfuqaro xorijiy va xizmat pasportlari bilan chet elga chiqishlarini rasmiylashtirishni toʻxtatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, huquqni himoya qilish organlari, mudofaa ishlari boʻlimlari, yirik korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari rahbarlaridan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlar berish va almashtirish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etuvchi hamda oʻtkazuvchi komissiyalarni tuzsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari pasport boʻlinmalarining va manzil-maʼlumotnoma byurolarining, shuningdek, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlarining tayyorgarlik holatini tekshirishni tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlarni berish va almashtirish boʻyicha ishlarni uzluksiz amalga oshirishlari uchun zarur joy hamda texnika resurslarini ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini olish uchun aholiga zarur pulli xizmatlar koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlar roʻyxatini aniqlasinlar va ularning faoliyati ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini joriy etish bilan bogʻlik boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1992-yil 13-noyabrdagi 533-son qarorining 1-bandi va shu qaror bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti toʻgʻrisida Nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 27-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
624-son