Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoniga muvofiq 2024-yil 1-oktabrdan boshlab tibbiyot xodimlari ish haqi miqdori 15 foizga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-oktabr,
661-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 661-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlashning
TARIF SETKASI
|
Mehnatga haq toʻlash razryadlari |
Tarif koeffitsiyentlari |
|
1 |
1,595 |
|
2 |
1,755 |
|
3 |
1,931 |
|
4 |
2,123 |
|
5 |
2,336 |
|
6 |
2,570 |
|
7 |
2,827 |
|
8 |
3,137 |
|
9 |
3,482 |
|
10 |
3,866 |
|
11 |
4,252 |
Izoh. Tarif stavkasi miqdorini (lavozim maoshini) belgilash uchun tarif koeffitsiyenti mehnatga haq toʻlashning qonunchilik hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoriga koʻpaytiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2024-y., 09/24/661/0808-son)