25.09.2024 yildagi 4887-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 25.09.2024 yildagi 4887-IV-son
Кучга кириш санаси
25.09.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida 2024-yil 23-sentabr kuni qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmogʻini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida qurilish sohasidagi dolzarb masalalar, shu jumladan, sohaga doir standart va yondashuvlarni bugungi kun talablari asosida takomillashtirish hamda shaharsozlik normalari va qoidalarini muntazam yangilab borish boʻyicha ustuvor vazifalar va yoʻnalishlar belgilab berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishida vakillik organlarining faol ishtirokini taʼminlash, xususan, qurilish sohasiga oid amaldagi qonunchilikni har tomonlama koʻrib chiqish hamda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda takomillashtirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qurilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh (bundan buyon matnda Ishchi guruh deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik va qurilish sohasiga oid qonun hujjatlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrgangan holda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takliflarni bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Xaitov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2024-yil 25-sentabr,

4887-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA

KQ-823-IV-son