Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlisining quyidagi kun tartibi tasdiqlansin:
1. “Kosmik faoliyat toʻgʻrisida”gi QL-1174-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (ikkinchi oʻqish).
2. “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1228-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”) (ikkinchi oʻqish).
3. “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi QL-1231-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (birinchi oʻqish).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-sentabr,
4895-IV-son