Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 7-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1111-2]
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son “Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 29-dekabrdagi 130-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1111, 2002-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002, 5-son);
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 26-apreldagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1111-1, 2006-yil 19-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 241-modda).
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-avgust,
167-son
Kelishildi:
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
2024-yil 19-avgust
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 10/24/1111-2/0802-son)