Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-sentabr,
4852-IV-son