Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024-yil 28-avgustda kiritilgan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga sugʻurta qildiruvchilarni majburiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadigan daʼvolar boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1222-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-sentabr,
4851-IV-son