Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
“Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1220-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1220-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-sentabr,
4849-IV-son