04.10.2024 yildagi 629-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat fuqarolik xizmatini salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlar bilan taʼminlashda nomzodlarning bilim va koʻnikmalarini zamonaviy texnologiyalar asosida baholash hamda natijalarini tahlil qilish, shuningdek, rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan manzilli choralar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taklifiga asosan Agentlik muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, oʻzlashtirish va joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbarlik lavozimiga nomzodlarning umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash boʻyicha test sinovlarini hamda psixologik soʻrovnomalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni va zamonaviy usullarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari va texnik koʻmaklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni belgilangan tartibda tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida hisobvaraqlariga ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ustavi, tashkiliy tuzilmasi, shu jumladan, shtat birliklari soni va xodimlarning mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari Agentlik tomonidan belgilanadi. Markazning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktori oʻrinbosari va xodimlari Agentlik bilan kelishilgan holda, Markaz direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari kompetensiyalarini baholash shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga homiylik va grant mablagʻlari hisobidan berilgan asosiy vositalarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari (ushbu pul mablagʻlari hisobidan sotib olingan asosiy vositalarni sotishdan tushgan pul mablagʻlari) toʻliq miqdorda Markaz ixtiyorida qoladi hamda maqsadli ravishda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan transport vositalarini xarid qilish uchun yoʻnaltiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilari bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun tegishli soha boʻyicha malakali mutaxassislar va ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va boshqa buyurtmachilar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan xizmat koʻrsatish shartnomasi asosida faoliyatining asosiy yoʻnalishlari doirasida daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanish, davlat fuqarolik xizmatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha axborot dasturlarini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi” DUKga tegishli Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy manzilidagi binoning 1-qavatida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Markazga bitta yengil avtomashina va bitta mikroavtobus saqlash uchun limit ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agentlik bir oy muddatda Markazning ustavi, tashkiliy tuzilmasi, shu jumladan, shtat birliklari soni va xodimlarning mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlarini belgilash hamda Markazni davlat roʻyxatidan oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
629-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2024-y., 09/24/629/0780-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)